O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish bo'yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan respublika oliy ta'lim muassasalariga davlat granti bo'yicha minimal o'tish bali – 68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 %), to'lov-kontrakt bo'yicha minimal o'tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 %) etib belgilandi.
OTMlarga kirish imtihonlarida minimal o'tish bali o'zgarishsiz qoldi
2024/2025-o'quv yili uchun oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarida minimal o'tish bali o'zgarishsiz qoldi. Bu haqda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.