Gapning oçiği, endi yangi Özbekistondagi tub islohotlaru özgarişlar haqida kimlargadir aytiş, ularning ahamiyatini tuşuntirişning zarurati qolmadi. Çunki bugun yurtimizning barça aholisi ana şu islohotlarni taşqaridan turib passiv kuzatuvçi emas, balki uning faol iştirokçisiga aylandi. Bu — aksioma.
Şu jamiyatning aʼzosi sifatida yana bir jihatni uqqandek böldim: yurtimizdagi özgarişlar, islohotlar bugun umumxalq harakatiga aylanib ulgurdi. Töğri-da, öz mohiyati, kölami jihatidan 39 million xalqli butun bir davlatni qamrab olgan özgarişlar faqat va faqat aholining jipsligi, yagona va töğri ğoyaga asoslangani, maqsad va niyat uyğunlaştira olingani uçun ham amalga oşgani heç kimga sir emas-ku! Har qanday umummilliy harakat butun bir jamiyat aʼzolarining tanlangan ğoya, strategik maqsadlarga işongani, ulardan manfaat körgani tufayligina sodir bölişi mumkin.
Nazarimda, millatni birlaştirgan, yorqin kelajakka yönaltira olgan, maqsad-muddaolarni uyğunlaştirgan ğoya yangi Özbekiston va Uçinçi Renessans ğoyalaridir. Aniq esimda: uşbu ğoyalarni Prezidentimiz eʼlon qilganida unga işonqiramay, şubha bilan qaraganlar ham böldi. Hammasini vaqt körsatadi. Öşanda ikkilanganlarning barçasi bugun uşbu ğoyalar tarğibotçisi, ular röyobi yölida qatʼiy harakat qilmoqda.
Ha, bugun haqiqatan ham dunyo xaritasida özining barça jihati bilan ajralib turgan, jahondagi eng kuçli, nomdor davlatlaru xalqaro taşkilotlarni öziga rom etgan yangi Özbekiston jahon ayvoniga dadil qadamlar bilan kirib kelmoqda. Xalqimizning qalbi va ongidan mustahkam örin olib, umumxalq harakati darajasiga kötarilgan Yangi Özbekiston ğoyasi, uning boş tamoyili — “inson qadri uçun” masalasi mamlakatimiz dovruğini olam içra taratmoqda. Gaplarimning birortasida börttiriş, masalaga ortiqça böyoq beriş yöq. Bu — ayni haqiqat.
Tarixçi bölganim uçunmi, har doim u yoki bu voqea-hodisa haqida fikr yuritganimda uning tarixi, genezisiga nazar taşlaşga odatlanganman. Qaçon va qaysi tarixiy davrda mamlakatimiz ravnaq topgan, xalq farovonligi oşgan, odamlarda yurtga, yetakçisiga katta hurmat-ehtirom uyğongan bölsa, bularning barçasi xoh şoh, xoh podşoh yoki xonu amirlar bölsin, ularning madaniyat, sanʼatga munosabati, ziyolilarni qay darajada qöllab-quvvatlaganiga boğliq bölgan. Bunga milliy tariximizda misollar juda köp.
Ular har doim haqiqiy vatanparvar, xalqparvar sifatida şu mamlakat va millat taqdiri, kelajagi uçun öz sözlarini ayta oldi. Masʼuliyatni öz zimmasiga oliş, mamlakat va millat manfaatini har narsadan yuqori qöyiş ularning hayotiy tamoyili bölgan. Xalqini himoya qiliş, bu yölda öz sözini ayta oliş milliy tariximizda har doim ustuvor ahamiyat kasb etgan.
Ana şular haqida öylarkanman, Prezidentimizning kinoijodkorlar bilan tarixiy uçraşuvi hamda unda ilgari surilgan strategik taşabbuslar haqida öyga çömaman. Davlatimiz rahbari avvallari ham köp bora takrorlagan “ÖZ” ğoyasini yanada rivojlantirdi. Kinoijodkorlar bilan uçraşuvda uşbu ğoyaning sanʼatdagi ifodasini “Özligimizni anglab, öz hikoyamizni öz ovozimiz bilan dunyoga aytiş”, deb taʼrifladi.
Özbekiston Prezidenti öşa uçraşuvda “ÖZLIK” deganda olis tarix yodimizga kelişi, ayni paytda bugun barçamiz bilan yelkadoş bölib, millat va mamlakat dardida, bunyodkorlik yölida özini fido qilişga tayyor öqituvçilar matonati, şifokorlar jonkuyarligi, Vatan himoyaçilari va askarlar jasorati, tadbirkorlar taşabbuskorligi, quruvçilar mahorati, yoşlar orzu-izlanişlari haqida taʼsirli filmlar işlaş lozimligi haqida mulohazalar bildirdi. “Farzandlarimiz şunday qahramonlarda özini körsin, öz kuçiga işonsin, öz yurtining kelajagiga daxldorligini his etsin”, dedi davlatimiz rahbari.
Uşbu satrlarni yozarkanman, göyo bir qaraşda oddiy, har kuni muomalada böladigan “öz” söziga, uning zamiridagi ğoyaga yetarli eʼtibor bermaganimizni, bu oddiy söz emasligini, uning maʼno-mazmuni millat va mamlakat taqdiri bilan boğliqligini anglab yetaman. Bu örinda yana bir bor Prezidentimiz bizga örnak böldi. Keling, şu söz haqida ikki oğiz fikrlaşsak-da, söng asosiy masalaga ötsak.
“Öz”, darhaqiqat, oddiy söz emas. Uning çuqur falsafiy, tarixiy maʼnolari hamda milliy özlikni anglaşdagi öta taʼsirçan örni bor. Har bir xalqning tafakkur tarzi, dunyoqaraşi va tarixiy xotirasi uning tilidagi eng asosiy, özak sözlarida muhrlanadi. Özbek xalqi uçun ana şunday strategik ahamiyatga ega tuşunça “öz” sözidir. Bu söz şunçaki kişilik olmoşi yoki tilşunoslikning birligi emas, balki millatning paydo bölişi, rivojlanişi va kelajagini belgilovçi, milliy özlikni anglaşning boş kaliti.
“Öz” sözi qadimgi turkiy tildan boşlab, har doim insonning içki mohiyati, sofligi va boşqalardan ajralib turuvçi öziga xosligini ifodalab kelgan. Bu söz zamirida erkinlik, mustaqillik va asillik yotadi. “Özlik” atamasi esa insonning yoki butun jamiyatning “Men kimman? Muayyan millat vakili sifatida qanday qadriyatlarga egaman?” degan savollariga javob beradi.
Barçamizga ayonki, şaxs özligini anglamay turib, milliy özligini şakllantirolmaydi. Şu sababli ajdodlarimiz “Özingni angla”, “Özingni namoyon qil”, “Özingni yöqotma” kabi hikmatlarga eʼtibor berib kelgan. Özlikni anglaş — tarixni biliş, madaniyatni his etiş va ajdodlar merosiga sodiq qoliş, demak.
Milliy özlikni anglaş millatning tili, dini, urf-odatlari, tarixiy-falsafiy merosini yagona butunlik sifatida jamiyat tomonidan qabul qilişdir. Bu jarayonda “Öz” ğoyasi har doim öz sözini aytib kelgan. Bu ğoya, birinçidan, millatning öziga xosligi, jumladan, özbek xalqining öziga xos feʼl-atvori, mehmondöstligi, bağrikengligi, kattaga hurmat, kiçikka izzat körsatiş kabi fazilatlarini, ikkinçidan, öz tilimiz, madaniyatimiz, davlatçiligimiz, milliy qadriyatlarga azaliy mehr-muhabbatimizni anglatadi.
“Öz” ğoyasining bugungi örni va ahamiyati tobora ortib boryapti. Bunga globallaşuv, axborot texnologiyalarining rivojlanişi, azaliy, anʼanaviy dunyoni mediamakon har tomondan tobora siquvga olayotgani ham kuçli taʼsir qilmoqda. Bugun öz söziga ega bölmagan har qanday davlat yoki millat zamonaviy axborot maydonidagi şafqatsiz kuraşga, odatiy holga aylanib bölgan manfaatlar qarama-qarşiligiga bardoş berolmay, yöqlik ummoniga ğarq bölişi tayin. Şu örinda davlatimiz rahbarining kinoijodkorlar bilan uçraşuvdagi quyidagi fikrini eslaşni juda örinli deb öylayman: global dunyoda öz qobiğidan çiqib, xalqaro mezonlar asosida işlaganlar yutadi. Çunki globallik keng tanlovlarni taqdim etadi. Ana şu raqobat esa öziga xoslik, zamon talabini oldindan his etiş imkonini beradi.
Ana şunday murakkab şaroitda “Öz” ğoyasi bizning ötmişimiz va kelajagimizni boğlab turuvçi oltin köprikdir. Milliy özlikni anglaş esa oddiy tuyğu emas, balki millatning yaşab qoliş imkoniyati, turli ğoyaviy-mafkuraviy tahdidlardan asraşning maʼnaviy köprigidir.
“Öz” ğoyasi “milliylik” sözi bilan maʼnodoş. Qayerda “öz” sözi yöqolsa, bilingki, öşa joyda insonning öz milliyligini namoyon etiş, milliy taraqqiyot sari özini safarbar qiliş imkoniyati barbod bölaveradi. Bunga köhna tariximizdan misollar juda köp.
Özbek xalqi öz milliy tarixining muayyan davrida mustamlakaçilar, zulmkorlar qöl ostida yaşaşga majbur böldi. Bunday davrlarda insonning öz sözini aytişi aslo mumkin bölmadi. Yaqin tariximiz bölmiş sobiq mustabid tuzumni olib köraylik. Buni yoşi uluğlar juda yaxşi biladi: biz birovning sözini aytişga, birovning qöşiğini kuylaşga, birovning ğoyasi asosida yaşaşga majbur böldik-ku! Öşa davrlarda heç bir sohada özligimizni namoyon qiliş mumkin bölmadi. Biz uçun “öylaydiganlar, fikr yuritadiganlar”, bizning har bir harakatimizni belgilab beradigan, gapiradigan gapimizni “tuşuntirib beradigan” qançadan-qança “rahnamolar”ni kördik!
Ayniqsa, bu holat özbek milliy madaniyati va sanʼatida yaqqol köringan edi. Şuning uçun ham Prezidentimiz joriy yil 1-iyunda madaniyat va sanʼat, adabiyot vakillari bilan uçraşuvda milliy özlik va ruhiyatni ifodalaşda ijod va sanʼatdan kuçliroq hamda taʼsirliroq vosita yöqligini qayd etib, bunday fikrlarni ilgari surdi: “Milliy ruhning yöqolişi özgalar ğoyasiga qullikni oşiradi”; “Bizga milliy ruhni uyğotadigan sanʼat kerak, xalqni ilhomlantiradigan adabiyot kerak, yoşlarga faxr va iftixor beradigan kino kerak, qalblarni junbişga keltiradigan musiqa kerak”; “Qaysi millatning adabiyoti boy, musiqasi yurakka yaqin, teatri hayotiy, kinosi taʼsirçan, sanʼati jozibador bölsa, öşa xalqning ovozi dunyoda baland eşitiladi”.
Har kimning öz sözini aytişi juda katta masʼuliyat talab qiladi. Çunki bu dunyo — musobaqali dunyo. Bugun har kim öz ğoyasini ilgari surgisi, öz sözini aytgisi keladi. Şunday ekan, har qanday odam, rahbar, davlat aytmoqçi bölgan sözining qiymatini, taʼsir darajasini oldindan ongli ravişda anglaşi lozim.
Buning uçun aytilmoqçi bölgan har bir sözning, olğa suriladigan “Öz” ğoyasining salmoği, uning odamlar, jamiyat tomonidan qay darajada qabul qilinişi, sözning ortida turgan reja, maqsad, strategik imkoniyatlar avvaldan öylangan, ilmiy jihatdan asoslangan bölişiga jiddiy eʼtibor beriş talab etiladi.
Bugun odamlarni oddiy söz bilan aldab bölmaydi. Ular aytilgan sözning natijasini kutadi. Qolaversa, söz aytgan xoh u oddiy inson, xoh rahbar bölsin, boşqalarga örnak bölolmasa, ortidan heç kim yurmaydi. Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, “Yetakçining, öz ortidan ergaştirişning eng töğri yöli — bu şaxsiy örnak va namuna bölişdir”.
Şubhasiz, milliy tariximizda mamlakat va millat taqdirini öylab jon fido qilgan, xalq manfaatlarini öylab, katta-katta islohotlarni amalga oşirgan, yurtimiz nufuzini butun olamga yoygan köplab davlat rahbarlari, podşohlaru şohlar ötgan. Biroq xalq farovonligi, yurt tinçligi haqida vaʼdalar berib, uning ustidan çiqmagan davlat rahbarlari ham kam emas. Darhaqiqat, uzoq va yaqin tarixga nazar taşlar ekanmiz, qançadan-qança yetakçilar, rahbarlar öz xalqiga bergan vaʼdalarga guvoh bölamiz. Vaʼdalar berilaverdi, ilmiy asoslanmagan rejalar tuzilaverdi. Odamlar esa işonaverdi. Biroq bular vaʼdaligiça qolaverdi. Oxir-oqibatda xalq oldida yetakçi-rahbarlarning yuzi şuvut bölib, obrösizlanib, tarixdan munosib joy ololmadi.
Milliy tariximizda bir neça önlab davlat va davlat birikmalari bunyod bölgan. Ammo qaysi yetakçi tarixdan, demakki, xalqimiz yuragidan joy oldi? Afsuski, ularning soni juda ham köp emas. Axir şaxsiy manfaatlari girdobida öralaşib qolgan, tuşlarida ham faqat va faqat moddiyat va maişatdan boşqa narsalarni körmagan, xalqning dardi, buguni va kelajagi haqida öylaşga hatto vaqti bölmagan yetakçiyu xon, podşohlardan yana nimani kutiş mumkin edi?
Bugun-çi? Bugun ana şular haqida öylar ekanman, xayolimga yangi Özbekistonning yetakçisi, ilğor islohotçisi, zamonaviy bunyodkor rahbari — Şavkat Mirziyoyev kelaveradi. Davlatimiz rahbari faoliyatining birinçi kunidanoq öz sözini, “ÖZ” ğoyasini ilgari surdi. Öz sözini aytişning katta masʼuliyati bor. Amalga oşiriladigan islohotlar kölami aniq-tiniq rejalaştirilmas, moddiy-iqtisodiy imkoniyatlar va odamlarning ijtimoiy kayfiyati, salohiyati eʼtiborga olinmas ekan, vaʼda qilingan özgarişlar, çiroyli şiorlar qoğozda qolib ketaveradi.
Biroq Şavkat Mirziyoyev fenomeni ham mohiyatan, ham şaklan bölakça. Bu fenomen uçun yolğon vaʼdalar, imkonsiz narsalarga odamlarni umidvor qiliş begona. Qolaversa, odamlar his-tuyğulari bilan öynaşib bölmasligi, ularning sabrini sinaş ham endi mumkin emasdi. Çunki zamonaviy dunyo şiddat bilan rivojlanar, mamlakat va millat oldidagi barça sohadagi muammolar tobora qalaşib borayotgan edi. Boşqaça söz bilan aytganda, odamlar yangi rahbardan yangi sözni kutar edi.
Şunday paytda Prezidentimiz öz sözini quyidagi tarzda aytdi: “Odamlarimiz islohotlar natijasini ertaga emas, öz hayoti, öz oilasi misolida bugun körişlari kerak”. Darhaqiqat, aytilgan bu söz öz ifodasini topdi. Mana bugun oradan deyarli ön yil ötib, öşanda belgilangan vazifalar röyobini xalqimiz öz tanasida his qilmoqda.
Davlatimiz rahbarining öz sözidagi markaziy mavzu — inson omili, uning qadri masalasi. Mamlakatdagi har bir islohot zamirida inson manfaatlari ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Yaqin-yaqingaça yurtimizda amal qilgan “davlat — jamiyat — inson” tamoyilining Prezidentimiz taklifi bilan “inson — jamiyat — davlat” tamoyiliga aylantirilganining özini sönggi yillarda ijtimoiy-siyosiy sohadagi eng yirik va taʼsirçan islohot sifatida köriş mumkin.
Keling, sözimiz isboti uçun ayrim misollarni keltiraylik. Bundan ön yil avval biz Özbekistonda kambağallik darajasi yuqori, uni qisqartirmay turib, davlat va jamiyat taraqqiyotiga, odamlar farovonligiga erişiş mumkin emas degan gapni ayta olmas edik. Prezidentimiz bu borada öz sözini aytdi. “Xalqimizda, — deb yozadi Şavkat Mirziyoyev, — “Kasalni yaşirsang, isitmasi oşkor qiladi” degan dono maqol bor. Biz ança yillar ana şu hikmatni unutib, “Özbekistonda hamma birday tökis va farovon yaşayapti” degan gapga işonib yaşadik. Boşqalarni ham şunga işontirişga urindik. Ammo oyni etak bilan yopib bölmaydi. Bugun butun dunyo yurtimizdagi ahvolni körib-bilib turibdi. Afsuski, vaqtida tegişli çoralar körilmagani oqibatida bu muammo ança çuqurlaşib ketdi”.
Öz sözini öz vaqtida aytişning hikmati katta. Haqiqatan ham birinçi marotaba kambağallik mavjudligi oçiqçasiga aytilgani muammoni tezroq hal etişga imkon berdi. Gapning oçiği, bunday ahvolda ortiq yaşab bölmas edi. Körilgan çora-tadbirlar natijasida 2017-yildagi 35 foizlik kambağallik darajasi bugunga kelib 4 foizga tuşirildi.
Uzoq yillar biz adolatli, insonparvar davlat barpo etdik deb ğururlanib turgan bir paytda “Özbekistonda korrupsiya holatlari köpaymoqda, ularni bartaraf etmasdan turib, yangi islohotlarni ötkaziş aslo mumkin emas”, degan sözni aytiş juda qiyin edi. Prezidentimiz bu sözni aytişdan qörqmadi. Soğliqni saqlaş, quriliş, taʼlim va boşqa sohalardagi korrupsiya holatlari yildan yilga avj olib borayotgan bir davrda uşbu muammoni hal etmay, heç qanday islohotni amalga oşirib bölmas edi. Bu boradagi tizimli işlar esa bugun öz natijalarini körsatmoqda.
Mamlakatimiz yetakçisi xalqning dardi, taşvişini yaxşi biladigan yirik strateg sifatida Özbekistondagi barça muammoyu imkoniyatlarni yaxşi biladi. Şuning uçun ham davlatimiz rahbarining har bir sözi aslida xalqning sözi, u bilan hamohang sözlar edi. Ayniqsa, “Özini özgartira olgan xalq, heç şubhasiz, hayotni ham, ijtimoiy muhitni ham özgartira oladi, öz murod-maqsadiga yetadi”, degan taʼkidida juda katta maʼno-mazmun bor edi.
Haqiqatan ham biz yaxşi yaşaşni istasak, farovon hayotda davru davron surmoqçi bölsak, ammo özimizni özgartirmasak, tafakkur tarzimizdagi eskiça mohiyat bilan yaşasak, zamonaviy fikrlay olmasak, unda bizning barça öy-xayolimiz puç bölmaydimi? Xöş, unda özini özgartiriş qaçon va qay holatda yuz berişi mumkin?
Özini özgartiriş insonning öz sözini ayta olişi bilan boşlanadi. Birovlarga qaram, birovning fikri bilan harakat qiladigan odamning öz sözi bölişi mumkin emas. Bu borada ham Prezidentimiz bizga örnak böldi. Keling, şu örinda yana bir muhim masala böyiça fikrlaşaylik. Milliy mustaqilligimizning dastlabki çorak asrida, şubhasiz, talay işlar bajarildi. Milliy mustaqillikning poydevori barpo etila boşladi. Yangi yölga çiqib olişga harakat qildik.
Biroq taşqi siyosatda, xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik borasida qator kamçiliklarga yöl qöya boşladik. Birgina mamlakatimizning qöşni davlatlar bilan özaro munosabatlari masalasini olib köraylik. Bir paytlar bir-biriga yaqin, bir hudud, yagona qadriyat va diniy eʼtiqodga ega özbek, qirğiz, qozoq, tojik, turkman xalqlari örtasidagi munosabatlar taranglaşib, siyosiy, hatto ayrim hollarda qurolli mojaroga aylanib ketişiga bir bahya qolgan vaqtlarni unutib böladimi?!
Çegaralardagi muammolar, yuz yillar davomida quda-andaçilik, qarindoş-uruğçilik riştalari bilan boğlanib ketgan Markaziy Osiyo xalqlarida bir-biriga işonçsizlik, adovat kuçaygandan-kuçayib boraverdi. Bu, öz navbatida, qator iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohalarda ziddiyatli holatlarni yuzaga keltirdi. Ayniqsa, iqtisodiy siyosatimizda katta ahamiyatga ega bölgan qişloq xöjaligini rivojlantiriş, suv resurslariga doir manfaatlar — bularning barçasi mintaqa davlatlari va xalqlari örtasidagi özaro kelişmovçiliklarni tobora kuçaytiraverdi.
Bunday şaroitda mintaqa xalqlari, jahondagi yetakçi siyosatdonlar, tinçliksevar kuçlar Markaziy Osiyoni ziddiyatli, “siyosiy jarayonlar portlaş ehtimoli” kuçli bölgan hudud sifatida röyxatga kiritganini köpçilik biladi. Ana şunday şaroitda “Öz” ğoyasini ilgari suradigan, öz sözini aytadigan, mintaqadagi murakkab vaziyatni tahlil qilib, uni töğri özanga solib yuboradigan siyosiy lider, kuçli strategga ehtiyoj yaqqol sezila boşladi.
2016-yilda ana şunday lider topildi. Bu — Özbekistonning yangiça fikrlaydigan, siyosiy jarayonlarni oqilona va odilona tahlil qilib, yagona töğri yölni körsata oladigan, öz sözining haqligiga işonib, uni mintaqadagi mustaqil davlatlar rahbarlariga aytişga jazm qilgan Şavkat Mirziyoyev edi. Öşa davrdagi mintaqa davlatlari hamkorligi darajasidan qoniqiş hosil qilmagan Özbekiston rahbari bunday dedi: “Markaziy Osiyoning buguni va kelajagi, mamlakatimiz va xalqlarimiz farovonligi köp jihatdan umumiy saʼy-harakatlarimiz, yaqindan hamkorlik qiliş, mintaqa manfaatlarini birgalikda ilgari surişga tayyorligimizga boğliq”.
Bundan töqqiz-ön yillar avval özaro hamkorlik faqat şiorlar, çaqiriqlar bilan emas, real hayotda hal etilgandagina odamlar rozi bölişi mumkinligini baralla aytgan, mintaqa davlatlari örtasidagi çegara muammolarini hal etişga kirişgan va hal etgan Şavkat Mirziyoyevdan bugun Markaziy Osiyoning barça xalqi minnatdor. Odamlar bugun mintaqa davlatlari hamkorligidagi işlarni körib közi quvonadi, örtamizdagi tösiqning olib taşlanişida boş-qoş bölgan Özbekiston rahbariga öz sözini ayta olgani uçun olqişlaydi.
Ha, davlatimiz rahbarining bu sözi nafaqat mintaqa mamlakatlari rahbarlari, siyosatdonlar, ayni paytda jahon afkor ommasi tarafidan ham eʼtirof etila boşladi. Bu jihat, ayniqsa, Şavkat Mirziyoyev BMT Boş Assambleyasi sessiyalarida, boşqa turli xalqaro anjumanlarda öz sözini öz ona tilida ifodalagan paytlarda yaqqol sezildi. Öşanda köplab xalqaro siyosatdonlar, ekspertlar Markaziy Osiyoda mintaqaning tinçligi va xotirjamligi uçun kuyunadigan, yangiça tafakkur tarziga ega, uzoqni közlagan strateg şakllanayotganini qayd etgan edi.
Aslida, davlatimiz rahbarining insoniy surati va siyrati, jiddiy, qatʼiyatli va irodali tabiati, masalalarga konseptual yondaşuvi, öz tasarrufidagi inson kapitali va strategik ustunliklar, bularning Prezidentimizning “Öz” ğoyasi bilan uyğunlaşuvi keyingi ön yillikdagi barça yutuqlarimizning garovi, endi erişişimiz lozim böladigan muvaffaqiyatlarning poydevoridir. Şu örinda turkiyalik taniqli olim, ijodkor, jamoat arbobi Kemal Yavuz Atamanning “Men tanigan Özbekiston” kitobidan quyidagi iqtibosni keltirgim keldi: “Uning har bir harakatida özining aziz xalqini va yurtini eng mayda detallarigaça taniydigan, millatning ötmişda boşdan keçirgan maşaqqatlari, dardu alamlari, dolzarb muammolari va kelajakka umidu intilişlarini çuqur his qiladigan yetakçi timsoli namoyon böladi. Bu çuqur bilim va voqiflik, ayni paytda jamiyat aʼzolariga yuksak işonç va şijoat bağişlayotganini alohida taʼkidlamoq kerak”.
Davlatimiz rahbarining xalqaro minbarlarda özbek tilida muloqotga kirişişi, eng avvalo, köp millionli xalqimizning ğururini oşirdi, ona Vatanimizga mehr-muhabbatimizni yanada teranlaştirdi. Mamlakatlar, xalqlar örtasidagi tinçlik, hamkorlik, avvalo, alohida bir davlatdagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitning neçoğliq soğlomligiga boğliq ekanini qalbdan his etgan davlatimiz rahbari bunday yozadi: “Jamiyatda tinçlik va osoyiştalikni taʼminlaşda heç kim çetda turmasligi, “Öz bolangizni, öz uyingizni, öz Vataningizni köz qoraçiğidek asrang!” degan şior odamlarimiz qalbidan çuqur joy olişi kerak”.
Öz sözini aytişning, “Öz” ğoyasini ilgari surişning çuqur falsafasi bor. Buning uçun, eng avvalo, sözlovçi inson özining haqligiga işonişi, qöyilgan muammoni real hayotda bajariş imkoniyati borligini töğri hisob-kitob qilişi kerak. Qolaversa, har bir söz, bildirilgan fikrning öz ğoyasi bölişi lozim. Yangi Özbekistonda barça islohotdan közlangan yagona maqsad inson qadrini uluğlaş, xalqimiz uçun munosib şaroit yaratişdir.
Inson, ayniqsa, rahbar xodim öz sözining ustidan çiqa olmasa, xalq oldida obrösi tuşib boraveradi. Aytilgan sözlar, berilgan vaʼdalar öz ijrosi bilan muhim. Ğoyibdan keladigan baxtu saodatni, tagzamini böş şaroitlarni, aslida, mavjud bölmagan imkoniyatlarni örtaga qöyib, katta vaʼdalar evaziga soxta obrö topişga uringanlarning qançasini kördik. Şuning uçun ham Prezidentimiz faqat va faqat öz kuçimizga işonişimizni, tasodifiy, tagzamini böş, yengil ğoyalarga mahliyo bölmaslikni doim uqtirib keladi.
Prezidentimiz ilgari surayotgan “Öz” ğoyasi mohiyatini taşkil etayotgan yana bir jihat borki, unga alohida töxtaliş lozim. Bu uşbu ğoyani amalga oşirişni real haqiqatga aylantiradigan kuç va imkoniyatning mavjudligidir. Inson, ayniqsa, millat va mamlakat taqdiriga masʼul har qanday şaxs öz sözini aytişdan avval, şubhasiz, ana şu kuç va imkoniyatni “çamalab”, “şunçaki körib” emas, aksinça, ularni har tomonlama örganib, ilmiy jihatdan asoslab, qölga kiritilişi mumkin bölgan natijani oldindan köra bilişi kerak.
Ha, kuç va imkoniyatni avvaldan tahlil qilib, undan söng jamiyatdagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni, xalqning kayfiyati, kuç-qudrati, ilmiy-maʼnaviy salohiyatini eʼtiborga olgan va unga suyangan holda uluğ maqsadlar sari intilgan har qanday siyosiy liderning sözi köçada qolmaydi.
Uşbu sözlarni yozyapman-u, mamlakatimizdagi bundan ön yil avvalgi holat, ayniqsa, bugungi millat yetakçisi, öşa davrda esa Özbekiston Prezidentligiga nomzod bölib turgan Şavkat Mirziyoyevning 2016-yil 1-noyabrda Buxoro viloyati saylovçilari oldidagi nutqini eslayman. Özbekiston katta kuç va imkoniyatlarga ega ekanini aql tarozisidan ötkazib, yurak-yurakdan his etgan va kelgusida milliy taraqqiyotning real istiqbollarini yaxşi tasavvur etgan Şavkat Mirziyoyev bunday degan edi: “Bu strategiyani amalga oşiriş uçun bizning barça imkoniyatimiz mavjud. Yurtimizning beqiyos ijtimoiy-iqtisodiy, intellektual-maʼnaviy salohiyati, yer osti va yer usti boyliklari, dunyo miqyosidagi munosib eʼtibori, jamiyatimizdagi mustahkam tinçlik va barqarorlik muhiti oldimizga qöygan ulkan va ezgu maqsadlarga erişişda, heç şubhasiz, eng muhim omillar bölib xizmat qiladi”.
Yangi Özbekistonda öşa ön yil avval aytilgan söz bugun amalga oşdi, uning röyobini barçamiz körib turibmiz. Haqiqatan ham öz kuçi va imkoniyatlariga işonç xalqimizni jipslaştirdi, uluğ maqsadlar yölida birlaştirdi.
Ötgan ön yil butun jamiyatimizni özgartirib yubordi. Biz endi ön yil avvalgi özbekistonliklar emasmiz. Mudrab turgan xalq uyğondi, xalqimiz heç qanday taqiqlarsiz öz sözini ayta oliş imkoniyatiga ega böldi. Aslida, barçamizdan öz sözimizni aytişni ham davlatimiz rahbarining özi örgatdi.
Bugungi özbek öz sözini turli sohalarda ixtirolar, yangiliklar yaratib, jahon miqyosida ötkazilayotgan turli siyosiy jarayonlar, madaniy muloqotlar, sport arenalarida qölga kiritayotgan amaliy natijalari bilan körsatib kelyapti. Şuning uçun ham Özbekiston, özbek degan nom dunyo miqyosida baralla jaranglayapti. Biz bugun dunyo mafkuraviy-ğoyaviy maydonida kuçli raqobatlar, ziddiyatlar boşlangan, yoşlarimiz tarbiyasiga jiddiy tahdidlar xavf solib turgan bir zamonda faqat va faqat öz ğoyamiz, öz sözimiz, öz faoliyatimiz bilangina oldimizda turgan ötkir va murakkab muammolarimizni hal etişimiz mumkin. Şu maʼnoda, Prezidentimizning “Agar biz bu yoruğ dunyoda “özbek”, “Özbekiston” degan nomlar bilan yaşab qolişni istaydigan bölsak, bu savollarga bugun javob topişimiz va ularni hal etiş böyiça amaliy harakatlarni aynan bugun boşlaşimiz şart. Ertaga keç böladi”, degani bejiz emas.
Juda töğri aytilgan va barçani sergaklikka tortadigan fikrlar! Çunki global dunyodagi kelişmovçilik, ziddiyatlar har kimdan özligini namoyon etişni talab qilmoqda. Oddiy haqiqat: “Sen özingning sözingga ega bölmasang, birovning sözini eşitişga va unga amal qilişga majbursan!”. “Sen özingning ğoyangga ega bölmasang, birovning ğoyasiga ergaşişga majbur bölasan!”. Birovning sözi insonni özligidan qaytaradigan, milliylik sifatlarini yöqotişga sabab böladigan, pirovardida kimningdir taʼsiriga tuşib qolişga olib keladigan sözdir.
Bugun dunyoda özining kuç-qudrati bilan barçani qörquv asosida uşlab turiş, buning oqibatida öz siyosiy-mafkuraviy maqsadlariga erişiş, bölak davlatlar va xalqlar hisobiga boyib kelgan, biroq endi öşa imkoniyatlardan bebahra bölayotgan qançadan-qança kuçlarning iştahasi oçilgandan-oçilib kelayotgan bir paytda faqat va faqat Öz söziga va ğoyasiga ega, ularning salmoğini his etadigan millat va davlatgina omon qolişi mumkin.
Şu örinda yana bir jihatga eʼtibor beriş lozim. Ayrimlar öylaganidek, Öz sözini aytiş xudbinlik körinişi emas. “Öz” ğoyasi insonda qatʼiyat, yuksak hayotiy mezonlarga amal qiliş, tarix va zamon ruhini teran idrok etgan holda milliy manfaatlarni har qanday darajada, vaqt va makonda himoya qilişga tayyorlikdir. “Öz” ğoyasi, aslida, bizni turli illatlar, ğoyaviy-mafkuraviy tahdidlardan asrovçi, şuningdek, xudbinlikning barça körinişidan saqlab qoluvçi buyuk kuç.
Öz sözini aytiş vijdonli odamning sözidir. Axir bu dunyoda öz sözini aytolmaydigan, birovga kör-körona ergaşadigan, öz eʼtiqodiga, öz bilimi va saviyasiga, özining qatʼiy fikriga ega bölmagan qançadan-qança odam bor! Qolaversa, afsuski, haliyam oramizda jamiyat va davlat manfaatlarini oyoqosti qilişga moyil odamlar borligi, bir-biriga firib berib, ehtiyojini qondirişga urinişlar yöqolmayotgani köpçilikni taşvişga solmoqda. “Özimiz özimizga xiyonat qilmasak, — deydi davlatimiz rahbari, — özimiz özimizni aldamasak, halol-pok bölib mehnat qilsak, men aminman, közlagan barça marralarimizga, albatta, yetamiz. Bu borada men, avvalo, köp sinovlardan yoruğ yuz bilan ötgan olijanob xalqimizning mustahkam irodasi va bunyodkorlik salohiyatiga işonaman”.
Mamlakatimiz yetakçisi ilgari surgan “ÖZ” ğoyasi odamlarda öziga işonç uyğotadi, ularda öz zamini, ona Vataniga mehr-muhabbatni oşiradi, ğoyaviy-mafkuraviy jihatdan özgaça fikrlaydiganlarning taʼsiriga tuşib qolişdan asraydi. Öz ğoyasiga ega kişi odatda yuksak ğayrat-şijoatli, fidoyi, jamiyatni va özini özgartirişga qodir, faol insondir. U şaxsiy manfaatlarini jamiyat va davlat manfaatlariga uyğunlaştira oladi.
Ha, bugungi dunyoda yaşab qoliş, öz manfaatlarini himoya qiliş, mamlakat va millat taqdiriga daxldorlik har birimizdan öz ğoyamiz, öz sözimiz, öz eʼtiqodimiz bölişini talab etmoqda. Şuning uçun ham özligini yöqotmagan, öz sözini ayta oladigan, özini va jamiyatni özgartirişga qodir kişilar bilangina yangi Özbekistonni, Uçinçi Renessansni, albatta, barpo etamiz.
Abduxalil MAVRULOV,
tarix fanlari doktori, professor