Koreya Respublikasi Prezidenti janob Mun Chje Inning 2019-yil aprel oyida Oʻzbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi yakunlari boʻyicha tashkil etilgan guruhlarga Koreya Respublikasi savdo, sanoat va energetika vazirining yangi tayinlangan oʻrinbosari Na Sing Shik hamda Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari L.Kudratov hamraislik qildi.
Pandemiya va jahon inqirozining har ikki mamlakat iqtisodiyotlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar kun tartibida muhim oʻrin egalladi. Sogʻliqni saqlash va farmatsevtika, taʼlim, AKT yoʻnalishi, sanoatni raqamlashtirish, suv taʼminoti, elektromobillar va qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqarish sohalarida yirik qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirishda kechikishlar xavfini kamaytirish uchun yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish mexanizmlari muhokama qilindi.
Tomonlar Koreya biznesining Oʻzbekistonda ishlashga qiziqishi ortib borayotganidan dalolat beruvchi investitsiyaviy hamkorlik dinamikasini yuqori baholadilar. Umumiy qiymati qariyb 3,4 milliard dollarga teng boʻlgan oldindan kelishilgan yangi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha saʼy-harakatlarni davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Oʻzaro savdo hajmining ham oʻsishi qayd etildi. Jumladan, joriy yilning birinchi yarmida Oʻzbekistondan Koreyaga eksport qilingan mahalliy mahsulotlar hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 17 foizga oshdi.
Tomonlar Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining Koreya bozoriga chiqishini kengaytirish boʻyicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar. Oʻzbekiston va Koreya oʻrtasida Erkin savdo toʻgʻrisida bitimni tuzish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, Koreya tomoni JSTga aʼzo boʻlish jarayonida Oʻzbekistonga yordam berishda davom etishi maʼlum qilindi.
Muzokaralar yakunida qoʻshma loyihalar va dasturlar ijrosini jadallashtirish boʻyicha navbatdagi tadbirlarni muhokama qilish maqsadida har chorakda maslahatlashuvlar oʻtkazish amaliyotini davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.
Oʻzbekiston — Koreya Hukumatlararo ishchi guruhining 5-yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Oliy va yuqori darajadagi ikki tomonlama tadbirlar davomida Koreya Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida erishilgan kelishuvlarning ijrosini taʼminlash boʻyicha Hukumatlararo ishchi guruhining 5-yigʻilishi videokonferensiya shaklida oʻtkazildi.
Ertaga respublikada navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi
- Sirdaryoda yuk mashinasi hamda "Captiva" ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi
- Xorvatiyada yuk va yo‘lovchi poyezdlarining to‘qnashib ketishi oqibatida 24 kishi jabrlandi
- Bozor xizmatlarining 40 foizdan ortig‘i poytaxt hissasiga to‘g‘ri kelmoqda
- “Men tanigan O‘zbekiston!”
- Adolat, xolislik, rostlik va halollik muhitini yaratishga qaratilgan yangi qonun tafsiloti
Yangi o‘quv yilidan maktablarda dars soatlarini taqsimlash tartibi o‘zgartiriladi
- Bugun 2026/2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari to‘liq yakunlanadi
- "Alisher Navoiy" hamda "Paxtakor" metro bekatlari oralig‘idagi eskalatorlardan biri yo‘lovchilar uchun foydalanishga qayta topshiriladi
- Ahadjon Kimsanboyev shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
- Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazish tartibi belgilandi
- Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Shahrisabz tumani hokimiga qarshi xizmat tekshiruvi o‘tkazishni so‘radi