Dastur avvalida Birinchi xonimlar an’anaviy choy marosimi davomida madaniy muloqotning, milliy an’analarni asrab-avaylashning hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlashning ahamiyati yuzasidan fikr almashdilar.

Shundan so‘ng yuqori martabali mehmonlarga Koreyaning boy madaniy merosi bilan tanishtiruvchi konsert dasturi namoyish etildi. Dasturdan an’anaviy koreys raqslari va musiqiy asarlar o‘rin oldi.