Vatandoşlar xorijda yuzaga kelgan moliyaviy qiyinçiliklar sababli Özbekistonning Vladivostokdagi Boş konsulxonasiga murojaat qilib, yurtimizga qaytişda amaliy yordam söragan.

Diplomatlar tomonidan öz vaqtida körilgan çora-tadbirlar natijasida hamyurtlarimiz 2026-yil 10-noyabr kuni Migratsiya agentligi jamğarmasi mablağlari hisobidan Özbekistonga qaytarildi.

Vatanga qaytarilganlar orasida Buxoroda tuğilgan E.E., farğonalik Q.N. va uning voyaga yetmagan farzandi S.A., Samarqand viloyatida tuğilgan B.D. va uning öğli B.N. bor edi.

Mazkur amaliy yordam xorijda muşkul vaziyatga tuşib qolgan yurtdoşlarimizni qöllab-quvvatlaş, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş hamda vatanga xavfsiz qaytişlariga kömaklaşiş borasida amalga oşirilayotgan işlardan biridir.

Eslatib ötamiz, xorijda mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan fuqarolarimiz qiyin vaziyatga tuşib qolgan taqdirda, Özbekiston Respublikasining tegişli diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga murojaat qilişlari mumkin.