Bu haqida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi maʼlum qildi.

Aniqlanishicha, umumiy qiymati 3 mlrd 931,2 mln soʻmlik suv quvurlarining 3 mlrd 78,4 mln soʻmlik qismi, yaʼni 14 800 metr quvur qazib olinib, oʻzlashtirilgan.

Mazkur holat Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi hamda “Oʻzsuvtaʼminot” AJ komplayens xizmati hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida fosh etilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Piskent tumani filiali rahbari B.K., “A.” AJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.