Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, portativ lazerli nur tarqatgichlardan qonunga xilof ravishda foydalanish, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, BHMning 15 baravaridan 25 baravarigacha jarima solishga sabab boʻlishi belgilandi.

Portativ lazerli nur tarqatgichlarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda Oʻzbekistondan olib chiqish, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi koʻzda tutildi.

Portativ lazerli nur tarqatgichlarni qonunga xilof ravishda oʻtkazish yoki Oʻzbekistonga olib kirish, – huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi koʻzda tutildi.

Shuningdek, ushbu Qonun bilan mahalla huquq-tartibot maskanlari hamda tayanch punktlarining tarkibi, ularda xizmat qiluvchi inspektorlarning vakolatlarini aniqlashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.