“Bahor” MFY hududida “Yoshlar mehnat guzari” va “Kovorking markazi”, non mahsulotlari, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shahobchalari tashkil etish uchun ajratilgan yer maydoni Jasurbek Hakimovga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “Yoshlar kelajagimiz” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Chirchiq shahar hokimining 2021-yil 24-martda imzolangan “Davlat – xususiy sheriklik shartlari asosida yer maydoni ajratish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan berildi.
Prezidentdan tadbirkorlik qilish uchun yer soʻragan Jasurga yer ajratildi
Davlat rahbarining Chirchiq shahriga tashrifi chogʻida tadbirkorlik bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan yosh tadbirkor yigitga yer ajratish boʻyicha shahar hokimiga bergan koʻrsatmasiga binoan “Iftixor” MFYda istiqomat qiluvchi Jasurbek Hakimovga yer ajratildi.
Hafta davomida mamlakatimizning qator hududlarida yomğir yoğadi
- Özbek alifbosidagi 4 ta harf özgardi: hujjatlarni almaştiriş şart emas
- Bu – tarixiy ko'rsatkich!
- Har bir shifokor va hamshiraning oyligi KPIga bogʻlanadi
- Samarqand markazini “Shirin” massivi bilan bogʻlovchi zamonaviy koʻprik qurilmoqda
- Özbekistonda ob-havo keskin özgaradi: yomğir, qor va sovuq kutilmoqda