Kino loyihalarini moliyalaştirişning amaldagi davlat buyurtmasi va xaridi tizimida ham yeçimini kutayotgan masalalar bor. Eskidan qolgan “goszakaz” zamonaviy kinoindustriya talablariga javob bermayapti.

Bir vaqtning özida bitta rejissorga oltitagaça, bir muallifga yettitagaça loyiha biriktirilgan. Bunday yuklamada har bir asar ustida puxta işlaş qiyin. Buyurtmalarning deyarli yarmi davlat studiyalariga berilgani xususiy ijodkorlar uçun teng raqobat imkonini çeklagan.

Oqibatda kuçli ssenariy va sifatli film yaratiş örniga topşiriqni tezroq “yopiş” asosiy mezon bölib qolgan. Mamlakatimiz yetakçisi ijodkor mehnatining natijasi tomoşabinni çuqur öyga solib, qalbida iz qoldirgan film bilan ölçanişi kerakligini taʼkidladi.

Ssenariy suratga oliş jarayonida boyitilişi, ijodiy yeçimlar özgarişi mumkin. Şuning uçun sanʼat asarini oddiy tovar yoki quriliş obyekti kabi texnik topşiriqlar asosida xarid qiliş töğri emasligi körsatib ötildi.