Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u fuqaroga yer ajratib berishni va’da qilib, 3 000 AQSH dollarini qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, mansabdor shaxs fuqaro M.M.ga uy-joy qurish va dehqonchilik uchun 25 sotix yer ajratib berishni aytgan. Shu orqali 2024 yilda pulni olib, keyinchalik ishonch uyg‘otish maqsadidaSharhonchekimahallasida 8 sotix yer ajratilgani haqida soxta ma’lumot bergani.

Tezkor tadbir davomida bo‘lim xodimi A.O. rahbar topshirig‘i bilan fuqaroga 3 000 dollarni qaytarib berayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.