Barselonadagi Global sog‘liqni saqlash instituti tadqiqotchilari shunday xulosaga kelishdi. Natijalar International Journal of Behavioral Nutrition and Physical Activity (IJBNPA) jurnalida e’lon qilingan, deb yozadi Lenta. ru.
Olimlar
tadqiqotda ishtirok etgan 40–65 yoshdagi yetti mingdan ziyod kishiga oid ma’lumotlar tahlildan
o‘tkazildi. Besh yil davomida ular vaznidagi o‘zgarishlar ham kuzatib borildi.
Natijalarga ko‘ra, kechki ovqatni boshqalarga nisbatan ertaroq, nonushtani esa
kunning birinchi yarmida yeydigan, ular oralig‘ida esa umuman hech narsa tanovul
qilmaydigan vazni o‘rtachadan past bo‘ladi.
Mualliflar
buni organizmning ichki biologik soati — sirkad ritmlarining ishlashi bilan
izohlaydi. Kunning birinchi yarmida ovqatlanish moddalar almashinuvining tabiiy jarayonlariga yaxshiroq mos
keladi, bu esa kaloriyalarni samaraliroq sarflashga va ishtahani nazorat qilishga yordam
berishi mumkin. Aksincha, kech nonushta qilish va tez-tez tamaddi qilish yuqori tana vazni
indeksi bilan bog‘liqligi ma’lum bo‘ldi.
Tadqiqotchilar ta’kidlashicha, nonushtani o‘tkazib yuborish bunaqa
ta’sir ko‘rsatmaydi: ertalabki ovqatdan voz kechish orqali ataylab
och
qoladigan odamlarda
vaznning sezilarli darajada kamayishi kuzatilmagan. Bunda nafaqat ovqat tarkibi, balki
ovqatlanish vaqti ham muhim rolь o‘ynaydi, biroq har ikki omilning ozish yoki
semirishga qanchalik bog‘liqlik
sababini tasdiqlash uchun
qo‘shimcha tadqiqotlar zarur.