Qonun loyihasini ishlab chiquvchilar fikricha, so‘nggi yillarda yo‘l-transport hodisalari darajasi yuqori holatda saqlanib qolmoqda. Amaldagi ma’muriy choralarga qaramasdan, takroriy huquqbuzarliklar kamaymayapti. Bu yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi ayrim oldini olish mexanizmlari yetarli samara bermayotganini ko‘rsatadi.
Qonun loyihasiga muvofiq quyidagi jazolar taklif etilmoqda:
Soatiga 20–40 km tezlikni oshirish — 5 ming som jarima;
Soatiga 40–60 km tezlikni oshirish — 15 ming som jarima, 6 oy ichida takrorlansa — 15 ming som jarima va 6 oyga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish;
Soatiga 60 kmdan ortiq tezlikni oshirish — 20 ming som jarima va 6 oyga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish;
Ichki ishlar, transport yoki bojxona organlari xodimining to‘xtash talabini bajarmaslik — 7,5 ming som jarima, bir yil ichida takrorlansa — 20 ming som jarima va 6 oyga guvohnomadan mahrum qilish;
Qo‘sh uzluksiz chiziqni kesib o‘tish — 5 ming som jarima;
Jamoat transporti yo‘lagida to‘xtash yoki mashina qo‘yish, piyodalar o‘tish joyi qoidalarini buzish, piyodalarga yo‘l bermaslik, haydash vaqtida telefondan foydalanish yoki yo‘lga chiqindilar tashlash — 5 ming som jarima;
Bir yoki qo‘sh uzluksiz chiziq orqali qarshi yo‘nalishga chiqish — 15 ming som jarima va 6 oyga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish;
Svetoforning taqiqlovchi signaliga o‘tish — 20 ming som jarima va 6 oyga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish;
Bolalarni maxsus avtokreslodan foydalanmasdan tashish — 2 ming som jarima;
Mototsikl dubulg‘asi yoki xavfsizlik kamaridan foydalanish talabini buzish — 3 ming som jarima;
Davlat raqam belgisiz yoki davlat raqami yashirilgan transport vositasini boshqarish — 15 ming som jarima, 6 oy ichida takrorlansa — 6 oyga guvohnomadan mahrum qilish;
Chorrahalardan o‘tish qoidalarini buzish, trotuar yoki piyoda/velosiped yo‘llaridan yurish — 10 ming som jarima;
Yo‘l, ko‘cha, temir yo‘l o‘tish joyi yoki boshqa infratuzilmani buzish — jismoniy shaxslarga 10 ming som, yuridik shaxslarga 27 ming som jarima.