Xorijdan import tartibida olib kelingan yuk “Xavfni boshqarish” tizimi orqali “sariq” yo‘lakka yo‘naltirilgan bo‘lsada, uning rentgen tasviri hamda yuk kuzatuv hujjatlaridagi maʼlumotlar xodimlarda asosli shubha uyg‘otdi.

Natijada o‘tkazilgan bojxona ko‘rigi davomida yuk hujjatlarida qayd etilmagan 3 tonnadan ortiq avto ehtiyot qismlari mavjudligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, deklaratsiyalanmagan tovarlarning umumiy qiymati qariyb 3 milliard 500 million so‘mni tashkil etgan.

Hozirda mazkur tovarlar vaqtincha saqlovga olingan bo‘lib, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.