Maʼlum qilinishicha, mansabdor shaxs o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, fuqarodan 2 ming AQSH dollari miqdorida pul talab qilgan. Ushbu mablag‘ni olayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Aniqlanishicha, u 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan 132 kvadrat metr yer maydonida qurilgan binoga nisbatan mulk huquqini rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan. Mazkur bino bo‘yicha fuqarolik ishlari sudining 2024 yildagi hal qiluv qaroriga asosan uni majburan buzish belgilangan bo‘lgan.
Shunga qaramasdan, mansabdor shaxs ushbu holatga “ijobiy yechim” topib berish evaziga pora talab qilgani maʼlum bo‘ldi.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.