Milliy gvardiya markaziy devonida Milliy gvardiya qoʻmondoni, general -mayor R. Djurayev ishtirokida tantanali yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Tadbirda qoʻmondon oʻrinbosarlari, Markaziy devon boshqarma boshliqlari, brigada komandirlari, shuningdek, Jamoat xavfsizligi universiteti va Milliy gvardiya ixtisoslashtirilgan oʻquv markazi rahbarlari ishtirok etdi va shu bilan qatorda hududiy boshqarmalar hamda viloyat oʻquv markazlari boshliqlari boʻlsa videokonferensaloqa orqali qatnashdi.
Uchrashuv davomida rahbarlar ikki qardosh mamlakat oʻrtasida xavfsizlik va harbiy kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash muhimligini alohida taʼkidlab oʻtishdi.
Qozogʻiston delegatsiyasi rahbari Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi hamkorlik mustahkam koʻp asrlik doʻstlik va ahil qoʻshnichilik rishtalariga asoslanganini taʼkidladi.
Uchrashuv yakunida rahbarlar bir qator amaliy chora -tadbirlarni oʻz ichiga olgan 2022-yilga moʻljallangan ikki tomonlama hamkorlik rejasini imzoladi.
Bundan tashqari, delegatsiya aʼzolari tashrif doirasida Jamoat xavfsizligi universiteti, Ixtisoslashtirilgan oʻquv markazi, Gʻalaba bogʻi, shuningdek, Milliy gvardiyaning bir qator boʻlinmalariga tashrif buyurdi.
Tashrif anʼanaviy hamda doʻstona muhitda boʻlib oʻtyapti, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi matbuot xizmati.
Qozogʻiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan hamkorlikning yangi bosqichi
Qozogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari-Milliy gvardiya bosh qoʻmondoni general-leytenant R.Jaksыlыkov boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga javob tashrifi bilan keldi.
Albaniya Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi
- O‘zbekiston aholisining necha foizi mobil telefondan foydalanadi?
- Yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin
- Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
- Korruptsiya uchun sudlanganlar elektron reyestrga kiritiladi
- Jigar saratoni xavfini oshiruvchi ichimliklar aniqlandi
Prezidentimiz maishiy va avtomobil kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonada bo‘ldi
- Kimyo sanoatini jadal rivojlantirish vazifalari belgilandi
- Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiyada boʻladi
- Oʻzbekiston terma jamoasi ertaga Kanadaga qarshi oq libosda maydonga tushadi
- Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻistonga keldi
- Kichik biznes oʻsishi uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi