Samarqandda oğir va hayot uçun xavfli kasalliklarga, jumladan, onkologik kasalliklarga çalingan bolalarni qöllab-quvvatlaş böyiça Global tarmoq taşkil etilgani eʼlon qilindi.

Tarmoq tuzilganini AQŞning «St. Jude» bolalar ilmiy-tadqiqot şifoxonasi vitse-prezidenti, «St. Jude Global» direktori Karlos Rodriges-Galindo maʼlum qildi.

Global tarmoq xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş va tajriba almaşiş maqsadida birinçi xonimlar hamda davlat rahbarlarining turmuş örtoqlarini birlaştiradi. Taşabbus oğir va hayot uçun xavfli kasalliklarga çalingan bolalarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan.

Özbekiston Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva ikki yil muddatga Global tarmoq raisi etib saylandi. Uning raisi sifatida faoliyat boşlaşiga bağişlangan marosim Bolalar onkologiyasi böyiça xalqaro kongress doirasida ötkazildi.

Mazkur qaror Özbekistonda bolalar onkologiyasi xizmatini rivojlantiriş borasida erişilgan yutuqlar, şuningdek, Ziroat Mirziyoyevaning saratonga çalingan bolalarni qöllab-quvvatlaş, ularning sifatli tibbiy yordamdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda har bir bolaning hayotiy şaroitidan qatʼi nazar, ösişi va rivojlanişi uçun şaroit yaratiş borasidagi faoliyati eʼtirofi sifatida qayd etildi.