Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati tezkor xodimlari hamkorligida ötkazilgan tadbirlar davomida 1995-yilda tuğilgan, avval mazkur öquv markazida qöriqçi bölib işlagan şaxs jinoiy reja muallifi ekani aniqlandi.

Rejaga köra, guruhning har bir aʼzosiga alohida vazifa yuklatilgan. Sobiq qöriqçi öquv markazidagi içki vaziyatni oldindan örganib, şeriklariga pul saqlanadigan joy haqida maʼlumot berişi kerak bölgan. Guruhning yana bir aʼzosi esa elektr taʼminotini uzişi belgilangan.

Şundan söng niqob taqqan guruh aʼzolari orqa eşikdan bino içiga kirib, pullarni qoplarga joylaştirişi va ijaraga olingan avtomobil orqali olib çiqib ketişi rejalaştirilgan. Ulardan biri jinoyatni yaşiriş va guvohlarni çalğitiş maqsadida hatto ayollar kiyimida bölgan.

Guruh aʼzolaridan birining körsatuviga köra, ular elektr taʼminoti uzilganidan söng old eşikdan kirib, pullarni olib, orqa eşikdan çiqib ketişni rejalaştirgan.

Biroq jinoyatçilarning rejasi amalga oşmadi. Tezkor xodimlar tomonidan ötkazilgan tadbir natijasida guruh aʼzolari qölga olindi.

Maʼlum bölişiça, ular pullarni qölga kiritgaç, Farğona viloyati orqali qöşni respublikalardan biriga çiqib ketişni ham rejalaştirgan.

Qölga olingan şaxslar qilmişlaridan puşaymon ekanini bildirib, qilgan işlari uçun yaqinlaridan uzr söraşdi.

Tezkor tadbir davomida ulardan jinoyatda foydalaniş uçun tayyorlangan niqoblar, bolğa, qop, qölqoplar, radiostansiyalar, eşiklarni oçişga möljallangan maxsus moslamalar, kalit nusxalari hamda xorijga çiqiş pasporti aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olindi.

Tergov boşqarmasi tomonidan mazkur şaxslarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi «a» va «b» bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Ularga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.