Ularning 24 611 tasi (82,6 foiz) elektron hujjat aylanishi tizimi orqali, 3 251 tasi og‘zaki va 1 944 tasi yozma shaklda taqdim etilgan.

Murojaatlarda asosan soliqlarga oid tushuntirish berish masalasi ko‘tarilgan — 13 397 ta. Shuningdek, soliq­lardan ozod qilish va imtiyozlar berish bo‘yicha 368 ta, tizim xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan 176 ta, tadbirkorlik subyektlari faoliyatidagi qonunbuzarliklar bo‘yicha 16 ta murojaat qayd etilgan. Qolgan 15 849 ta murojaat boshqa masalalarga tegishli.

Kelib tushgan murojaatlarning 28 311 tasi (95 foiz) ko‘rib chiqilib, hal etilgan. 82 ta murojaat tegishli tashkilotlarga yuborilgan, 43 tasida ko‘tarilgan masalalar o‘z tasdig‘ini topmagan. Yana 45 ta murojaat ko‘rmasdan qoldirilgan.

1 325 ta murojaat esa belgilangan muddatda ko‘rib chiqilmoqda.

Hududlar kesimida murojaatlarning eng ko‘pi Toshkent shahriga — 10 732 ta to‘g‘ri kelgan. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati — 2 701 ta, Samarqand viloyati — 2 450 ta, Qashqadaryo — 2 176 ta va Farg‘ona viloyati — 1 826 ta bilan qayd etilgan.

Shuningdek, Andijondan 1 589 ta, Buxorodan 1 469 ta, Surxondaryodan 1 232 ta, Navoiydan 1 180 ta, Namangan viloyatidan 1 108 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 929 ta, Xorazmdan 891 ta, Jizzaxdan 853 ta va Sirdaryodan 625 ta murojaat kelib tushgan.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, «Soliq organlari bilan qayta aloqa» axborot portali orqali 45 284 ta murojaat kelib tushgan va ularning 45 234 tasiga javob berilgan. Mazkur murojaatlarning 50 tasi hozirda o‘rganish jarayonida.