Nizomga ko‘ra, subsidiya Davlat byudjetidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va texnologiya turidan qat’i nazar, har bir konturga joriy qilingan texnologiya uchun faqat 1 marotaba ajratiladi.

Talabgor subsidiya olish uchun o‘ziga tegishli ekin yer maydonlarini konturlar hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari turlari kesimida belgilangan tartibda Agroportalga kiritgan bo‘lishi lozim. 

Talabgor subsidiya ajratilishi uchun Agroportal orqali elektron shaklda ariza bilan murojaat qiladi.

Arizaga quyidagilar ilova qiladi:

  • suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasini qurish bo‘yicha «Tomchi-reestr»ga kiritilgan quruvchi-pudrat tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma nusxasi; 
  • loyiha hujjati va qurilish ishlari yakunlangani to‘g‘risidagi dalolatnoma nusxasi;
  • ish bajarilgan konturlarni ma’lumotlari (hududi va lokatsiyasi aniq ko‘rsatiladi).

Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini o‘z mablag‘i hisobidan joriy qilgan talabgorga belgilangan hisob-kitoblarga asosan subsidiyaing 50 foizi oldindan to‘lab beriladi.