Elçilik orzusidan...

Buxoroning çekka qişloğida ösganman. Oilamizdagilar tadbirkorlikni şarafli kasb deb bilmas, heç kimga “tadbirkor böl”, deb maslahat berilmasdi. 1990-yillar yoşlarining köpi singari men ham davlat işida işlaş, kabineti bor katta rahbar bölişni orzu qilardim. Öşanda “Eng katta orzung nima?” deb söraşsa, “Özbekistonning biror davlatdagi elçisi böliş”, deb javob bergan bölardim.

Bu faqat mening emas, butun bir avlodning qaraşi edi. Tengdoşlarim yurist, prokuror, bankir, hokim yoki harbiy bölişni istardi. Jamiyat tadbirkorni qiymat yaratuvçi emas, çayqovçi deb bilardi. Çunki endigina mustaqillikka erişgan Özbekistonda tadbirkorlik şarafli kasb emas edi. Hatto katta minbarlardan turib, Özbekistonda boylar bölmasligi haqida gapirilar edi. Öz-özidan men ham tadbirkor bölişni orzu qilmaganman.

Bugun 400 dan ortiq iş örni oçgan, elektron savdo sohasida mamlakatda ilk qadamlarni qöygan, şuningdek, yuzdan ortiq kitob çiqişi va matbaaçilik sohasidagi özgarişlarga sabab bölgan “Asaxiy Books” loyihasi asosçisi sifatida buni eslasam, mamlakatdagi özgarişlar inson taqdiriga qançalik taʼsir qilişi, odamlarning özi bilmagan yangi qirralarini oçişiga yordam berişi haqida öylab qolaman.

Tadbirkorlikka qaraşlarim Fransiyada oliy taʼlim oliş davrimda va kitoblar tufayli şakllandi. Qöy boqib katta bölgan qişloq yigiti eng boy davlatlardan biriga borib, bir holatni kuzatdim: ijtimoiy davlat bölişiga qaramay, Fransiyada hayot bozor munosabatlari asosiga qurilgan. U yerda bozor iqtisodiyoti şubha ostiga olinmaydi. Undan jamiyat farovonligi uçun qanday foydalaniş haqida bahslaşiladi. Maktab, şifoxona va yöllar, xalq uçun qulay infrastruktura yaratilişiga biznes tölagan soliqlar ahamiyatini öz közim bilan kördim. Öşa vaqtdayoq biznesning mamlakat farovonligida tutgan örni va ahamiyatini anglay turib, Özbekistonda ham erkin bozor yaratiş uçun harakatlar bölarmikan, qaçon bizda davlat biznesning ahamiyatini anglaydi va tadbirkorlik uçun şaroit yaratadi deb orzu qilardim.

Öqigan kitoblarim ham tadbirkor insoniyat kelajagini özgartira olişi, özi boyib, xalqni ham, davlatni ham badavlat qilişi mumkinligi haqidagi tuşunçalarimni butunlay özgartirdi.

Xöş, biznes nima? Eng sodda taʼrifi: qiymat yaratib, foyda körişni közlagan mustaqil iqtisodiy faoliyat. Uni köpinça boylik bilan adaştirişadi. Holbuki, boylik aktivlarga egalik, biznes esa ularni yaratiş vositalaridan biri, xolos. Odam meros, yuqori maoş yoki töğri investitsiya orqali ham boyişi mumkin. Aksinça, biznes oçib, qarzga botgan tadbirkorlar ham oz emas. Tadbirkor foydani öylab işlaydi, lekin özi bilib-bilmay butun jamiyatga katta naf keltiradi, hamma uçun qiymat yaratadi.

Biznesda erkinlik

Avvalo, har bir tadbirkorlik faoliyati qandaydir muammoning yeçimiga xizmat qiladi. Faoliyatimiz asosi şu: muammoni hal etmasak, yaʼni talabga javob bermasak, isteʼmolçidan pul ololmaymiz. Odamlarning muammosi bor, bu — talab. Tadbirkor unga yeçim beradi, bu — taklif. Poyabzal taʼmirlaydigan kosibdan tortib, xalqaro korporatsiyagaça — har bir biznes kimningdir muammosini hal qilib, daromad topadi. Ilğor kompaniyalar esa hali paydo bölmagan talabni ham oldindan köradi. Genri Fordga nisbat beriladigan gapni eslang: “Odamlardan nima kerakligini söraganimda, “Tezroq yuguradigan ot” degan bölardi”. Mamlakatda biznes qançalik kuçli rivojlansa, erkin bozor tamoyillari amal qilsa, şunça köp muammolar yeçiladi. Biznes siqilgani sari aholi hayoti bilan boğliq muammolar davlat yumuşiga aylana boşlaydi. Davlat qaysidir muammolarni hal etişi lozim bölsa, bu byudjetga ortiqça xarajat demakdir. Endi bu muammolar qiymat yaratişdan köra xarajatga undaydigan tizimga aylanadi. Biznes erkin bölsa, har sohada xalq pul tölaşga tayyor. Şu tariqa muammolarga tayyor yeçimlar şakllanadi. Köpinça erkin bozorda raqobat ortidan biznes yeçimi maʼmuriy yeçimdan arzon tuşadi.

Eng muhim resurs

XXI asrda inson eng muhim resursga aylanmoqda. Özbekiston — yoş mamlakat. Yaqindagina aholimiz nufusi 39 milliondan oşdi. Har bir fuqaro mehnat bozoriga kirib kelgunga qadar unga davlat va ota-ona bir neça yuz millionlab, hatto milliardlab sömlik investitsiya kiritadi. Tuğuruqxonadan boşlab emlaş, boğça, maktab, soğliqni saqlaş va bola ulğaygungaça unga xizmat körsatadigan har qanday tizimning qiymati bor. Taraqqiyot uçun inson resurslari muhim bölgani tufayli ham bu xarajatlarni mamlakat kelajagiga investitsiya deb aytiş mumkin.

Endi mehnat bozoriga kirib kelgan bola iqtisodiyot uçun qiymat yaratişi, mamlakatdagi umumiy qiymatga hissa qöşişi zarur. Şuning evaziga hayot davom etadi, mamlakat rivojlanadi, keyingi avlodlarga yanada yaxşiroq investitsiya kiritiladi. Baʼzan yuzlab million söm bilan mehnat bozoriga yetib kelgan inson işlamasligi yoki boşqa bir mamlakat uçun işlaşi investitsiyaning foydasini qisman, goho töliq yöqqa çiqarişi mumkin. Şu maʼnoda, avvalo, eng oddiy yakka tadbirkor ham özini iş bilan taʼminlab, mamlakatda qiymat yaratadi. Bundan taşqari, u oçgan har bir iş örni mamlakat iqtisodiyotiga qöşilgan katta qiymatdir.

Hamma narsaning bahosi bor

Pul nafaqat biznes, balki mamlakat hayoti uçun ham xuddi organizmdagi qon kabi muhim. Aynan u mamlakatda iqtisodiy tizim işlab turişining asosidir. Har bir fuqaro foydalanadigan infratuzilmadan tortib, xizmatlargaça — barçasining bahosi bor. Bu oddiy yöl, temir yöl, taʼlim, tibbiyot yoki xavfsizlik xizmatlari böladimi, xullas, davlat körsatadigan har qanday xizmatning narxi mavjud. Unga har yili davlat byudjetidan pul ajratiladi. Mana şu byudjetning şakllanişida soliqlarning ahamiyati katta. Tadbirkor rivojlanib, köproq qiymat yaratib, öşa qiymatdan qança köp soliq tölasa, davlat şunçalik boy va qudratli böladi. U ijtimoiy tizimdan tortib, fuqarolarga xizmat körsatişga ham şunça mablağ ajrata oladi. Masalan, 2025-yilda Özbekistonda umumiy yiğilgan soliqlar miqdori 272,3 trillion sömni taşkil etgan. Demak, tadbirkor tölaydigan har qanday soliq şunçaki davlat undan olgan pul emas, balki mamlakat farovonligi uçun qöşilgan hissadir. Oddiy bir bola sinfxonada ötirib, öqituvçining maoşi, maktab binosi narxi, undagi jihozlar va xizmatlar narxi haqida öylamasligi tabiiy. Lekin bularning ortida haqqoniy xarajatlar va aniq raqamlar turibdi. Demak, tölangan har bir söm soliq yakunda har bir fuqaro hayotiga taʼsir qiladi.

Beqiyos qiymat

Innovatsiyalar, ilm-fan yutuqlarini sobiq sovet hududida akademik doiralarning yutuği sifatida köriş, ulardan kutiş odati şakllangan. Aslida, dunyoda bugun innovatsiyalarning katta qismini xususiy sektor — biznes yaratadi. U özi bilib yoki bilmay, şunçaki daromadni köpaytiriş, raqobatda ustunlikka ega böliş uçun yangiliklar qiladi. Mana şu izlanişlar yakunda yangi yeçimlarga, yangi qulayliklar va yangi innovatsiyalarga olib keladi. Hozir dunyoda ilmiy izlanma va yeçimlarga eng köp investitsiya kiritadiganlar deganda, avvalo, “Amazon”, “Huawei”, “Samsung” kabi gigant kompaniyalar sanab ötiladi. Ular ham biznes sifatida raqobatda ustunlikka erişiş uçun yangiliklar ustida işlaşga majbur. Avvalo, innovatsiya şunçaki yangi qulaylik, yangi yeçim, biror işni boşqaça qiliş uslubi deydigan bölsak, bu katta yoki kiçik biznesligidan qatʼi nazar, har bir tadbirkorga xos jihat bölib çiqadi. Kimdir pissani sovitmay, 15 daqiqada yetkaziş yölini topadi, yana kimdir tirbandliklarni kamaytiriş maqsadida uçar taksi maşinasini öylab topadi. Töğri, yakunda maqsad daromadni oşiriş, lekin mana şu maqsad töliq raqobatbardoş bozorda biznes rivojlanişi, yirik ekotizimga aylanişi, mamlakatni taraqqiyotga undaşi mumkin. Bugun biz Xitoy möʼjizasi va undagi yirik özgarişlar haqida gapirişni yaxşi köramiz. Lekin kamdan-kam holda Xitoy bozoridagi raqobat, şu raqobatda biznes qilayotgan innovatsiyalar va yangiliklarni eʼtirof etamiz. Bugungi Xitoy içki bozorida raqobat şu darajada kuçliki, unda ğolib çiqqan biznes uçun endi dunyoda ğolib çiqiş unçalik ham qörqinçli emas.

Demak, biznes daromad maqsadida taşkil etilgan mustaqil iqtisodiy faoliyat sifatida özi anglamay turib mamlakat uçun beqiyos qiymat yaratadi, farovonlikka hissa qöşadi va mamlakatni rivojlantirişda oldingi örinlarda turadi.

Ötmişga nazar

Savdo insoniyatning eng qadimgi maşğulotlaridan. Mintaqamizda esa u alohida ahamiyatga ega. Buxoro, Samarqand va Xivaning Buyuk ipak yöli markazida joylaşgani hunarmandçilik va savdoning gullab-yaşnaşiga sabab bölgan. Buxorodagi Toqi sarrofon, yaʼni pul almaştiruvçilar gumbazi bunga tarixiy guvoh. Şundan kelib çiqsak, biz tarixan Buxoro, Samarqand, Xiva kabi şaharlar atrofida dunyo iqtisodiyotiga integratsiya qilingan tadbirkor millat bölganmiz deb dadil aytsak böladi. Xalq tilida aytganda, tadbirkorlik özbekning asli qonida bor.

Biroq XVII asrdan savdo yöllari dengizga köçgani va xonliklar örtasidagi içki nizolar kuçayişi turğunlikka sabab böldi. Asl zarba esa XX asrda berildi. Sovet hokimiyati mulkdorlar va işbilarmonlarga qarşi ayovsiz kuraşdi: mol-mulk musodara qilindi, köplar qatağonga uçradi yoki surgun etildi. Yetmiş yil davomida tadbirkorlik jinoyatga tenglaştirildi, “çayqovçilik” tamğasi bilan qamaliş odatiy hol edi. Bu uzoq tarix emas, keçagi kunimiz. Şu bois, mustaqillikka 35 yil tölgan bölsa-da, badavlat odamni “özganing hisobiga boyigan” şaxs deb biluvçilar hamon uçraydi.

Mustaqillikdan keyingi davr ham tekis keçmadi. 1990-yillar boşidagi erkinlikdan söng valyuta konvertatsiyasi yopildi. Çegaralar berkildi. Içki bozorda davlat uluşiga ega yirik monopoliyalar paydo böldi. Muttasil tekşiruvlar, banklardagi muammolar, oğir soliq yuki va qoğozbozlik tufayli köplar uçun yaşirin işlaş qonuniy işlaşdan osonroq edi. Tadbirkorlar hatto rivojlanişdan qörqib qoldi. Çunki muayyan darajaga yetgaç, “maska şou” boşlanib qolmasligini, bir kunda yillab yiqqaningdan ayrilmasligingni heç kim kafolatlamadi. Yuqorida aytganimdek, öşa davrda “Özbekistonda boylar bölmaydi” degan sözlar hatto katta minbarlardan yangragan edi.

2016-yildan keyin vaziyat keskin özgardi. Esimda: davlatimiz rahbarining dastlabki qarorlaridan biri biznesni tekşirişga moratoriy eʼlon qiliş bölgan edi. 2017-yilda valyuta konvertatsiyasi oçildi. Soliq islohoti ötkazildi. Qöşilgan qiymat soliği 2023-yildan 15 foizdan 12 foizga tuşirildi. Eng sönggi yordam esa özini özi band qilgan fuqarolar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun soliq stavkasining aylanmadan 1 foiz etib belgilangani böldi. Jahon bankining 2020-yilgi “Doing Business” hisobotida Özbekiston biznes oçiş qulayligi böyiça dunyoda 8-örinni egalladi. Davlat öz vakolatlarining bir qismini asta-sekin bozorga böşatib bermoqda. Sotsialistik ötmişdan çiqib kelgan mamlakat uçun bu muhim buriliş.

Öyinçi emas, hakam

Postsovet makonidagi köp mamlakatlarda bölgani kabi bizda ham iqtisodiyotni köpinça davlat yetaklab boradi. Meʼyordagi bozor iqtisodiyotida davlatdan taşqari bu xususiy biznesning ham vazifasi. Davlatning işi öyin qoidalarini belgilaş, ularning ijrosini taʼminlaş, adolatsiz raqobatning oldini oliş va soliq undirişdir. Yaʼni u töpni özi tepmasligi, aksinça, maydondagi hakam bölişi kerak. Sönggi yillarda tadbirkorlar orasida “Yordam bermasa ham mayli, xalal bermasin” degan ibora bejiz maşhur bölmadi. Yangi Özbekistonda tadbirkorlikka tösiqlar yildan yilga kamaytirilib, xususiylaştiriş jarayoni jadallaşgani ham mana şu töğri tizim sari taşlangan salmoqli qadamlardir.

Byurokratiya — soliqdan oğirroq tösiq. Biznesga yengillik deganda köpinça soliq imtiyozi tuşuniladi. Aslida, ortiqça qoğozbozlik — köp hollarda jiddiy ğov. Ispaniyaning Kanar orollarida isteʼmol ­soliği atigi 7 foiz, materikdagi QQS esa 21 foiz. Şunga qaramay, “Amazon” orollarga köp mahsulotini yetkazib bermaydi: 150 yevrodan qimmat har bir jönatma uçun alohida bojxona deklaratsiyasi talab qilinadi. Kuniga minglab buyurtmani tasavvur qiling. Oroldagilar orasida “Amazon”ga Kanarga kelişdan köra Oyga uçiş osonroq” degan hazil yuradi. Tadbirkor biznesini rivojlantiriş, köproq daromad topiş örniga umrini faqat byurokratiya va qoğozbozlik bilan ötkazadigan bölsa, unga sarflanadigan pul va quvvat aslida eng yuqori soliqdan ham yomon xavfdir. Byurokratik tösiqlar va talab qilinadigan hujjatlar sonining yildan yilga kamayib borişi, elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning rivojlanişi, tadbirkorning davlat taşkilotlari, nazorat organlari bilan boğliqligi minimal darajaga tuşgani, şubhasiz, yangi Özbekistonning eng katta yutuqlaridan.

Özbekiston, özbekistonlik tadbirkorlar uçun xalqaro investitsiyalarni jalb qiliş yirik muammo edi. Sönggi ön yilda vaziyat keskin yaxşilandi. Bugun yurtimiz investorlar talpinadigan mamlakatlardan biriga aylandi. Zotan, investitsiya jalb qiliş uçun quyidagi beşta şart muhim:

— global iqtisodiyotga integratsiyalaşuv;

— xalqaro meʼyorlarga mos qonunlar va ularning ustuvorligi;

— rahbariyat kayfiyatiga qarab özgarmaydigan barqaror qoidalar;

— rivojlangan bank-moliya tizimi;

— sifatli kadrlar va infratuzilma.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda xususiy mulk daxlsizligi hamda monopolistik faoliyat qonun bilan tartibga solinişi va çeklanişiga doir normalar ­mustahkamlangan. Endi bu meʼyorlar mustaqil sud va adolatli ijro orqali amalda işlaşi kerak.

Davlatimiz vaziyatni töğri anglab, erkin bozor, tadbirkorlik rivoji yölida ulkan qadamlar taşlagani farovonlik uçun foydali yöldir. Özbekiston Jahon savdo taşkiloti bilan tariflar va xizmatlar böyiça ikki tomonlama muzokaralarni deyarli yakunladi. 2027-yilda JSTga aʼzo böliş global iqtisodiyotga integratsiyamizni keyingi misli körilmagan kölamga olib çiqişi mumkin.

Iqtisodiyotning tayançi

Ijtimoiy tarmoqlarda “davlat katta zavod-fabrikalar qursin, iş örni özi paydo böladi”, degan fikrlarni köp uçrataman. Ammo jahon bozorida raqobatlaşa oladigan yirik korxona uçun mutaxassis, texnologiya, samarali boşqaruv va katta investitsiya kerak. Buyruq bilan qurilgan, mahsuloti bozorda raqobatlaşa olmaydigan korxona köpinça korrupsiya va “otkat” manbaiga aylanadi. Iqtisodiy ösiş qiymat yaratilişining natijasi. Qiymatni esa bozordagi talabga javob bera oladigan biznes yaratadi. Şu jihatdan kiçik biznesning ahamiyatini past baholamaslik, davlat ham har bir qaror va yangi qonunni faqat katta biznes manfaati va rakursidan emas, köproq kiçik biznes rakursidan kelib çiqib qabul qilişi muhim deb öylayman.

2025-yil 1-oktyabr holatiga köra, mamlakatimizda 1 million 212 ming kiçik tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritgan. Ulardan 479 mingtasi kiçik korxona va mikrofirmalar. Bundan taşqari, özini özi band qilgan fuqarolar soni 5 millionga yetdi. Yaʼni iqtisodiyotning yarmidan köpi yirik zavodlarda emas, kiçik dökon, sex, xizmat körsatiş şoxobçasi va dehqon xöjaliklarida yaratilmoqda.

Aslida, bu yutuqlarning hammasi yangi Özbekistondagi islohotlar iş bergani va jarayon davom etayotganini körsatadi. Izçillik va barqaror qadamlar davom etişi biznes rivojiga yanada köp hissa qöşadi deb işonaman. Izçillik va barqarorlik bölsa, tadbirkor beş-ön yilga möljallab reja tuzadi, kattaroq loyihalar haqida öylaydi.

Kiçik qadam, uzun zanjir

Biznesning jamiyatga taʼsiri darhol körinmaydi. U zanjir bölib uzayadi. 1884-yilda kaliforniyalik temir yöl magnati Liland Stenfordning 15 yoşli öğli terlamadan vafot etdi. Ota farzandi xotirasiga öz yerida universitet qurdirdi. U 1891-yilda talaba qabul qila boşladi. Keyinroq şu universitet professori Frederik Terman şogirdlarini ğoyalarini tijoriylaştirişga undadi. Ular orasidan AQŞning kompyuterlar, noutbuklar, printerlar, skanerlar va boşqa axborot texnologiyalari qurilmalarini işlab çiqaruvçi maşhur kompaniyasi — Hewlett-Packard asosçilari çiqdi. Bugun universitet atrofida Kremniy vodiysi joylaşgan. Kaliforniya iqtisodiyoti esa qiymati böyiça faqat AQŞ, Xitoy va Germaniyadan keyin 4-örinda turadi. Bularning boşida bir otaning qayğusi va bitta qaror turibdi.

Ikkinçi misol Bangladeşga oid. 1979-yili Janubiy Koreyaning “Dayewoo” kompaniyasi mahalliy hamkor bilan tikuvçilik fabrikasi oçiş uçun 130 bangladeşlikni Koreyaga öqişga olib ketdi. Hamkorlik uzoq davom etmadi, ammo bilim olgan xodimlarning köpi keyinçalik öz korxonasini oçdi. Bugun Bangladeş dunyoning eng yirik kiyim-keçak eksportçilaridan.

Arzimasdek köringan bugungi qadam ertaga butun bir sohani yaratişi mumkin. Muhimi, bunday qadamlarga tösqinlik qilmaslik: davlat erkinlik, mulk huquqi va qonun ustuvorligini kafolatlaşi, jamiyat esa yangi ğoyalarga oçiq bölişi kerak.

Tadbirkorlikka “boyiş yöli” deb emas, balki davlat va jamiyat farovonligining poydevori deb qaraş vaqti keldi. Tadbirkor muammoni yeçadi, özini va boşqalarni iş bilan taʼminlaydi, soliq tölaydi, yangilik yaratadi. Buning uçun unga imtiyoz, homiyliklardan taşqari hamma uçun teng va barqaror qoidalar, mulk daxlsizligi, adolatli raqobat ham kerak. Biz 10 yilda tadbirkor “çayqovçi” deb qaraladigan davlatdan tadbirkorni öqituvçi, şifokor, harbiy kabi mamlakat uçun muhim kasb egasi sifatida qaraydigan jamiyat darajasiga yetib keldik. “Çayqovçi”dan yana tadbirkor millatga aylandik. Şunday ekan, bu yölda sobit bölişimiz lozim.

Davlatning vazifasi hakamlik. Jamiyatning vazifasi tadbirkor mehnatini va intellektual mulkni hurmat qiliş. Tadbirkorning vazifasi esa global öylab, mahalliy harakat qiliş. Mana şu şartlar bajarilsa, bugungi qişloq yigiti elçi bölişni emas, öz kompaniyasini qurişni orzu qiladi. Buyuk ipak yöli merosxörlari uçun bu orzu begona emas.

Firuz ALLAYEV,

“Asaxiy” kompaniyasi asosçisi,

“Şuhrat” medali sohibi