Uning doirasida O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari mamlakatimiz fuqarolari uchun vizasiz safar qilish imkoniyatlarini kengaytirish, viza rasmiylashtirish tartib-taomillarini soddalashtirish hamda zamonaviy va qulay viza mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan muzokaralarni yanada faollashtiradi.

Asosiy e’tibor O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy etish, elektron vizalar, soddalashtirilgan viza tartiblari va boshqa yengillashtirilgan mexanizmlarni kengaytirishga qaratiladi.

Mazkur tashabbus mamlakatimiz fuqarolarining xalqaro harakatlanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, xorijga safar qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda O‘zbekistonning ochiq va faol tashqi siyosatini izchil amalga oshirishga xizmat qiladi.