Avtobus 31-oktabr kuni ikki nafar Özbekiston fuqarosining migratsiya qonunçiligini buziş holatlari aniqlangaç, jarima maydonçasiga joylaştirilgan edi. Haydovçiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilib, transport vositasi yölovçilarning yuklari bilan birga muhrlab qöyilgandi.

Özbekistonning Qozon şahridagi Boş konsulxonasi va Migratsiya agentligining aralaşuvidan söng yölovçilarning buyumlari boşqa avtobusga ötkazildi. 2-noyabr kuni barça Özbekiston fuqarolari öz yuklarini olib, safarini davom ettirdi.

Bölib ötgan voqea munosabati bilan Boş konsulxona xalqaro avtobus qatnovlari ustidan nazoratni kuçaytiriş, çipta sotiş vaqtida yölovçilarning migratsiya hujjatlarini tekşiriş, yölovçilar tomonidan migratsiya qonunçiligi buzilgani uçun haydovçilarni javobgarlikka tortiş amaliyotini muhokama qilişni taklif etdi.

Bundan taşqari, muntazam qatnovçi avtobuslarning Rossiya va Qozoğiston çegara punktlaridan ötişini soddalaştiriş böyiça Rossiya tomoni bilan muzokaralar ötkaziş, ayniqsa qiş mavsumi arafasida, qatnovlar oldidan transport vositalarining texnik nazoratini kuçaytiriş taklifi ilgari surildi.