Endilikda fuqarolar Termiz avtoshohbekati va Istiqlol maydoni o‘rtasida yangi yo‘nalish orqali qatnashlari mumkin.
2-sonli avtobus yo‘nalishi:
Termiz avtoshohbekati - Istiqlol maydoni
Avtobuslar harakati quyidagi asosiy ko‘chalar orqali amalga oshiriladi:
Shimoliy Darvoza ko‘chasi
Ibn Sino ko‘chasi
Hakim at-Termiziy ko‘chasi
Alisher Navoiy ko‘chasi
Islom Karimov ko‘chasi
Shuningdek, yo‘nalish davomida aholi gavjum yashash hududlari hamda ijtimoiy obyektlarga xizmat ko‘rsatiladi.
Yangi yo‘nalishning ishga tushirilishi jamoat transporti qamrovini kengaytirish, aholining manziliga yetib borishi uchun qulay sharoit yaratish va transport xizmatlari sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Shahardagi qatnovlaringiz uchun 2-sonli avtobus yo‘nalishidan foydalanishingiz mumkin.
Yo‘nalish sxemasi va avtobuslarning harakat yo‘li yuqoridagi xaritada batafsil ko‘rsatilgan.