Maʼlumot uchun, 14 sentyabr kuni Toshkent metropolitenida 1 165 550 nafar yoʻlovchi tashilgan edi.
Yoʻlovchilar oqimining ortib borayotgani munosabati bilan metropolitenida yoʻlovchilarga qulay va sifatli xizmat koʻrsatish, shuningdek, poyezdlar harakatini yoʻlovchilar oqimiga mos ravishda tashkil etish boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda.
Mutaxassislar tomonidan olib borilayotgan monitoring va tahlillar yoʻlovchilar oqimi oʻsish tendensiyasi davom etayotganini koʻrsatmoqda. Mavjud koʻrsatkichlar asosida oktyabr oyida metropolitenida bir kunda tashiladigan yoʻlovchilar soni 1,2 million nafarga yetishi kutilmoqda.
Avval xabar berilganidek, metropolitenida 1 200 000-chi yoʻlovchini alohida aniqlash hamda unga maxsus imtiyoz yoki sovgʻa taqdim etish tashabbusi rejalashtirilgan.
Shuningdek, 2026 yil davomida xarid qilinishi va Toshkent metropoliteniga yetkazib berilishi rejalashtirilgan 14 ta zamonaviy harakat tarkibining barchasi vagonlar parkiga olib kelindi. Yangi poyezdlardan yoʻlovchilarga qulay, tezkor va sifatli xizmat koʻrsatishda foydalanilmoqda.