Bunga poytaxtdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida hamma kurslar uchun yangi o‘quv yili boshlanganligi ham ta’sir ko‘rsatgan.
Ertalabki tirband vaqtda yo‘lovchilar oqimining yuqoriligi Chinor, Sergeli, Choshtepa, Olmazor, Chilonzor, Buyuk ipak yo‘li, Do‘stlik va Beruniy metro bekatlarida kuzatildi.
Ortib borayotgan yo‘lovchilar oqimini samarali boshqarish va fuqarolarga qulay sharoit yaratish maqsadida «Toshkent metropoliteni» AJ tomonidan poyezdlar harakati intervallari qisqartirildi.
Xususan:
— Chilonzor yo‘nalishida — 1,5–2 daqiqa;
— O‘zbekiston yo‘nalishida — 3 daqiqa;
— Yunusobod yo‘nalishida — 4 daqiqa;
— Yer usti halqa yo‘nalishida — 7–8 daqiqa interval bilan poyezdlar harakati tashkil etildi.
«Toshkent metropoliteni» AJ ma’lum qilishicha, yo‘lovchilar oqimi doimiy monitoring qilib borilmoqda. Qulaylik va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida poyezdlar harakati yo‘lovchilar oqimiga qarab zaruratga ko‘ra muvofiqlashtiriladi.