Mazkur zamonaviy va yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezd mamlakatimiz temir yo‘l tizimida yangi bosqichni boshlab berdi.
Yangi poyezd soatiga 250
kilometrgacha tezlikda harakatlanib, avval 14 soat davom etgan masofani 7,5
soatda bosib o‘tadi. U Samarqand va Buxoro orqali o‘tib, tarixiy shaharlarni o‘zaro
bog‘laydi. Bu esa nafaqat aholi uchun, balki xorijiy sayyohlar uchun ham katta
qulaylik yaratadi.
Mazkur loyiha “O‘zbekiston temir
yo‘llari” AJ tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy natijasi bo‘lib,
sohada raqamlashtirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va zamonaviy poyezdlar
xarid qilish ishlari izchil davom etmoqda.
—
Bugungi kunda temir yo‘l sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘z
samarasini bermoqda. Yangi poyezdlar, raqamli xizmatlar va qulayliklar — bularning
barchasi yo‘lovchilar manfaatiга xizmat qiladi dedi, — boshqaruv raisi birinchi
o‘rinbosari Hikmatulla Rahmetov .
Tadbirda ishtirok etgan Koreya
Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Von Do
Yon mazkur loyihani yuqori baholab, O‘zbekiston
va Janubiy Koreya o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilayotganini
ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi zamonaviy transport yechimlari
mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlaydi.
“Jaloliddin Manguberdi” poyezdi
nafaqat transport tizimidagi yangilanish, balki mamlakatning iqtisodiy va
turistik salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan muhim qadamdir.
Z. Akbarova
L. Ibragimov