Mustaqilligimizning 35 yilligi va yangi o‘quv yili arafasida Sergeli tumanida transport va piyodalar qatnovi uchun muhim bo‘lgan yangi infratuzilma obyekti — “Junariq” va “Yuqori Darxon” mahallalarini bog‘lovchi zamonaviy ko‘prik foydalanishga topshirildi.
Ko‘prikning uzunligi 28 metr, kengligi 8 metrni tashkil etadi. Mustahkam va barqaror konstruksiya asosida bunyod etilgan inshoot 80 tonnagacha yukni ko‘tarish imkoniyatiga ega.
Yangi ko‘prik avtotransport vositalarining harakatlanishi bilan birga piyodalar, ayniqsa maktab o‘quvchilarining xavfsiz va qulay o‘tishini ta’minlaydi.
Endilikda kanalning ikki tomonida joylashgan mahallalar va ta’lim muassasalari o‘rtasida xavfsiz va qulay qatnov yo‘lga qo‘yildi.