Qariyb 1,5 kilometr uzunlikdagi hudud Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi binosi oldidan boshlanib, Markaziy istirohat bog‘igacha davom etadi.
Loyiha doirasida mavjud daraxtlar va yashil hududlar saqlab qolinib, tartibga keltiriladi. Kanal bo‘yidagi binolar xatlovdan o‘tkazilib, noqonuniy egallangan hududlar tartibga solinadi.
Shuningdek, piyodalar va veloyo‘laklar, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus yo‘laklar, o‘rindiq va ayvonchalar, bolalar hamda workout maydonchalari tashkil etiladi.
Mirzakalon Ismoiliy mahallasidagi 1A, 2, 3, 5 va 7-sonli ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatlaridan samarali foydalanilib, tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yiladi va yangi ish o‘rinlari yaratiladi.