Taqqoslaş uçun, 2024-yilda Toşkent uşbu reytingda 95-örinda qayd etilgan edi. Ikki yil içida indeks körsatkiçi 0,3646 dan 0,8911 ga yetdi. Natijada poytaxt «Örta» darajadan «Juda yuqori» darajaga kötarildi.
Mahalliy onlayn xizmatlar indeksi şaharlarning rasmiy veb-portallari va elektron xizmatlarini oltita asosiy yönaliş hamda 101 ta körsatkiç asosida baholaydi.
Toşkentning mazkur yönalişlar böyiça natijalari quyidagiça:
- Institutsional asoslar — 1,0000 ball;
- Axborot bilan taʼminlanganlik — 0,9032 ball;
- Elektron hukumat savodxonligi — 0,9000 ball;
- Elektron xizmatlar — 0,8950 ball;
- Elektron hukumat infratuzilmasi — 0,8571 ball;
- Fuqarolar iştiroki — 0,8000 ball.
Ayni paytda poytaxtda iqtisodiy va ijtimoiy sohalar, şahar infratuzilmasi hamda aholi murojaatlari bilan işlaşni qamrab olgan raqamli boşqaruv tizimlari joriy etilmoqda.
Jumladan, «Xalq nazorati» platformasi orqali fuqarolar murojaatlarini qabul qiliş, ularni masʼul taşkilotlarga yönaltiriş va ijrosini nazorat qiliş imkoniyati yaratilgan.
BMT reytingidagi uşbu natija Toşkentda mahalliy elektron xizmatlar va raqamli boşqaruv tizimlari rivojlanişidagi özgarişlarni aks ettiradi.