Hozirda atmosfera havosi sifati maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilib borilmoqda.

Bu haqda Özbekiston Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi Ekologik vaziyatni yaxşilaş yuzasidan keçiktirib bölmaydigan çora-tadbirlarni amalga oşiriş böyiça respublika maxsus komissiyasiga tayanib, xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, tun davomida şaharda havo sifati Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) böyiça «noqulay» darajada saqlangan. Milliy havo sifati indeksi böyiça şaharning örtaça körsatkiçi PM2.5 böyiça «sariq», PM10 böyiça esa «zarğaldoq» darajada bölgan.

Havo sifati yomonlaşişiga haroratning pasayişi, şamolning juda kuçsizligi hamda mahalliy va qöşni hududlarda şakllangan havo massalarining şahar atrofida töplanişi sabab bölgan. Bunday şaroitda ifloslantiruvçi moddalarning tarqalişi çeklanib, mahalliy atmosfera çiqindilari yer yuzasiga yaqin qatlamda saqlanib qolgan.

Şuningdek, tunda Ekologik monitoring milliy markazi mutaxassislari Yunusobod, Olmazor, Yangihayot, Sergeli va Yaşnobod tumanlarida atmosfera havosi holatini instrumental ölçagan. Barça nuqtalarda PM2.5 miqdori «juda noqulay» toifaga mos kelgan.

Prognozlarga köra, 28-oktyabr kuni kunduzgi soatlarda Toşkentda havo sifati Xalqaro AQI böyiça «noqulay», milliy indeks böyiça asosan «sariq», ayrim vaqtlarda esa «zarğaldoq» darajada bölişi kutilmoqda. Keçqurun ham havo sifati «noqulay» darajada saqlanişi mumkin.

Havo ifloslanişidan taʼsirlaniş ehtimoli yuqori bölgan aholi qatlami — bolalar, keksalar, homilador va emizikli ayollar, şuningdek, yurak-qon tomir va nafas yöli kasalliklariga çalinganlarga keçqurun va tunda imkoni boriça taşqariga çiqmaslik tavsiya etilgan.

Taşqariga çiqiş zarur bölganda himoya niqobidan foydalaniş, oçiq havoda uzoq qolmaslik, keçqurun va tunda esa derazalarni yopiq tutiş söralgan.