Forumning oçiliş marosimida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning anjuman iştirokçilariga murojaati öqib eşittirildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov maʼlum qildi.
Davlat rahbari öz qutlovida Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasida özaro işonç, yaxşi qöşniçilik va şeriklik munosabatlari mustahkamlanib borayotganini taʼkidlagan.
Qayd etilişiça, qariyb 85 million aholiga ega mintaqaning eng katta boyligi bilimga intilayotgan yoş avloddir.
«Ana şu ulkan demografik salohiyatni qudratli intellektual kuçga aylantirişda eng samarali yöl — sifatli, zamonaviy taʼlim va tarbiyadir», — deyiladi Prezident murojaatida.
Şavkat Mirziyoyev Özbekistonda taʼlim islohotlari davlat siyosatining ustuvor yönalişiga aylanganini qayd etgan.
Yaqinda maktabgaça va maktab taʼlimi, kasbiy va oliy taʼlim hamda ilm-fan boşqaruvi yagona tizimga birlaştirildi. Buning asosiy maqsadi bolaning dastlabki bilim olişidan tortib, yetuk mutaxassis va olim bölib şakllanişigaça bölgan bosqiçlar uzviyligini taʼminlaşdan iborat.
Murojaatda taʼlim yoşlarni mustaqil fikrlaş, ijod qiliş va butun umri davomida örganişga tayyorlaşi zarurligi taʼkidlangan.
Şuningdek, öqituvçi va murabbiylarning rolini oşiriş, maktab, texnikum, universitet hamda işlab çiqariş örtasidagi hamkorlikni kuçaytiriş muhim vazifalar sifatida körsatilgan.
Ayniqsa, qizlar, çekka hududlardagi bolalar va alohida taʼlim ehtiyojlariga ega yoşlar uçun imkoniyatlarni kengaytirişga alohida eʼtibor qaratiş zarurligi qayd etilgan.
Prezident sunʼiy intellekt va zamonaviy muhandislik yönalişlarini rivojlantiriş, universitetlar örtasidagi qöşma dasturlar va tadqiqotlarni köpaytiriş, talabalar hamda olimlar almaşinuvini qöllab-quvvatlaşga çaqirgan.
Davlat rahbari Markaziy Osiyoni ilm-maʼrifat, yuksak texnologiyalar va innovatsiyalar birlaşgan umumiy intellektual makonga aylantiriş strategik maqsad ekanini taʼkidlab, forumda uşbu yönalişda amaliy takliflar ilgari surilişiga işonç bildirgan.