Tezkor tadbir Davlat xavfsizlik xizmatining shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Ma’lum qilinishicha, 2002 yilda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida tug‘ilgan ayol qizlarni xorijga jinsiy ekspluatatsiya maqsadida yuborish bilan shug‘ullangan jinoyiy guruh vakili bo‘lgan. U 4 nafar qizlarni aldov yo‘li bilan jalb qilib, ulardan birini o‘zi bilan birga Dubay shahriga olib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida Toshkent xalqaro aeroportida to‘xtatib qolingan.

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi «z» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, mazkur turdagi jinoyatlar uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.