Taqdirlash marosimida ShadurdI Meredov, Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari Ochilbay Ramatov, rasmiy vazirlik va idoralar vakillari, diplomatik korpus hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Qayd etilishicha, marosim ikki qardosh xalq oʻrtasidagi strategik sheriklik va madaniy yaqinlikning yana bir ifodasiga aylandi.

Sharq marvaridi – 2026 shu yilning 8–9 may kunlari Oʻzbegim otlari ot zavodida boʻlib oʻtgan. Xalqaro hakamlar nazorati ostida oʻtkazilgan musobaqada ztodor otlar ishtirokida 9 ta poyga hamda maxsus koʻrgazmali chiqishlar tashkil etilgan.

Musobaqa yakunlariga koʻra, Oʻzbegim otlari jamoasi eng yaxshi natijani qayd etib, bosh sovringa munosib deb topildi.

Tadbir yakunida gʻoliblarga Turkmaniston Prezidenti sovgʻalari — Chevrolet Tahoe va BYD Song Plus avtomobillari tantanali ravishda topshirildi.

Taʼkidlanishicha, mazkur tadbir oʻzbek va turkman xalqlari oʻrtasidagi tarixiy rishtalar, milliy anʼanalar va madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.