Yangi tartib poytaxtda transport oqimini samarali tashkil etish, ertalabki va kechki tirbandlik paytlarida yoʻllardagi yuklamani kamaytirish hamda taʼlim jarayonini maqbul tashkil etishga qaratilgan.

Darslarning ertaroq boshlanishi talabalar va professor-oʻqituvchilarga harakatlanish vaqtini oqilona rejalashtirish, shuningdek, kun davomida oʻquv jarayonini samarali tashkil etish imkonini beradi.

Shu bilan birga, mazkur tartib kunduzgi va kechki taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun oʻquv kunini toʻgʻri rejalashtirish, mashgʻulotlar va boshqa oʻquv faoliyatlari uchun vaqt imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonida Toshkent shahridagi oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari, professor-oʻqituvchilar, pedagoglar va talabalardan ushbu tartibni inobatga olish soʻraldi.

Taʼlim tashkilotlarida oʻquv mashgʻulotlarini belgilangan vaqtda boshlash, oʻquv jarayonini tegishli tartibda tashkil etish hamda talabalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha choralar koʻriladi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur tartib faqat Toshkent shahrida joylashgan oliy taʼlim tashkilotlarining birinchi smenasidagi oʻquv mashgʻulotlariga taalluqli, deyiladi xabarda.