Bu Prezidentning “Madaniyat va sanʼat sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda xususiy sektor ishtirokini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (PQ–150-son, 21.04.2026 y.)da belgilandi.

Qarorga koʻra, Madaniyat vazirligi tizimidagi madaniyat markazlari quyidagi shakllarda transformatsiya qilinadi:

  • Madaniyat vazirligi tizimidagi madaniyat markazlari faoliyati nomoddiy madaniy merosni targʻib qilish, havaskorlik sanʼatini rivojlantirish, shuningdek, texnologiya, muhandislik, hunarmandchilik va boshqa yangi yoʻnalishlarda yoʻlga qoʻyiladi;
  • tuman (shahar) hokimliklari tizimiga oʻtkaziladi;
  • xususiy investitsiyalarni jalb etish va (yoki) ilgʻor boshqaruv tajribasini joriy etish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
  • resurslardan oqilona foydalanish uchun samarasiz madaniyat markazlari faoliyati maqbullashtiriladi.

Madaniyat boʻlimlari Madaniyat vazirligi tomonidan yuritiladigan reyting natijalari asosida ragʻbatlantiriladi. Bunda:

  • reyting 2027 yildan boshlab har yilning yakuni boʻyicha yuritiladi hamda unda madaniy tadbirlarqa aholi qamrovi va milliy qadriyatlarni asrash bilan bogʻliq koʻrsatkichlarga ustuvorlik beriladi;
  • reytingda eng yuqori oʻrinni egallagan madaniyat boʻlimlari Davlat byudjeti hisobidan ragʻbatlantirib boriladi.