Davlat xavfsizlik xizmati va içki işlar organlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida ikki holat qayd etildi.
Andijon şahridagi sayyohlik firmasi iş yurituvçisi firma «Umra» ziyoratini taşkil etiş uçun tegişli litsenziyaga ega bölmasa-da, Baliqçi tumanida yaşovçi fuqaroning işonçini qozonib, uning tört nafar qarindoşini Saudiya Arabistoniga ziyoratga yuborişni vaʼda qilgan.
Buning uçun u 4 400 AQŞ dollari talab qilgan. Tezkor tadbirda firma iş yurituvçisi söralgan pulni olayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Farğona viloyatining Toşloq tumanida ham şunga öxşaş holat aniqlangan. 2007-yilda tuğilgan şaxs Farğona şahrida yaşovçi ikki fuqaroni Namangan viloyatidagi sayyohlik firmasi orqali «Umra» ziyoratiga yuborişni vaʼda qilgan.
U bu xizmat uçun 2 100 AQŞ dollari talab qilgan. Şaxs oldindan 1 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida uning qonunga xilof harakatlariga çek qöyilgan.
Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.