Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra:

  • sovuqlik qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyo va buyumlarni ulardan kasbiy, sport faoliyati yoki xo‘jalik-maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq holda, jamoat joylarida ochiq holda olib yurish, xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin 1 yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, – BHM ning 1 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

“Qurol to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga koʻra, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etganlarga fuqaroviy qurolni saqlash va olib yurish huquqi himoya orderining amal qilishi yoki unda koʻrsatilgan muddat davrida cheklanganda, qurol va uning oʻq-dorilarini olib qo‘yish ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. 

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.