“Bizda La-Guayra shtatidan olingan ma’lumotlarni hisobga olmaganda, 32 kishi halok bo‘lgani va davlat shifoxonalari va xususiy tibbiyot markazlarining tez tibbiy yordam bo‘limlarida 700 dan ortiq odam jarohat olgani haqida ma’lumot bor”, dedi u VTV telekanali orqali efirga uzatilgan xalqqa qilgan murojaatida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, La-Guayra shtati eng ko‘p zarar ko‘rgan hudud bo‘lib, u yerda o‘nlab binolar qulab tushgan.

“Hozirda biz iloji boricha ko‘proq odamlarning hayotini saqlab qolish uchun juda qattiq ish olib boryapmiz”, deb ta’kidladi Rodriges.

Kechasi Venesuela qirg‘oqlarida kuchli zilzila sodir bo‘ldi. AQSH Milliy geologik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 7,2 va 7,5 magnitudali ikki bor ketma-ket zilzila sodir bo‘lgan. Ular Moron shahridan 16 kilometr va San-Felipedan 24 kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan. Agentlik shuningdek, sunami haqida ogohlantirish e’lon qildi.

Amerikalik geologlar qurbonlar soni 100 000 dan oshishi ehtimolini 30% deb baholamoqda. Lotin Amerikasi mamlakatida favqulodda holat e’lon qilindi, deb xabar berdi ria.ru.