Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Diosdado Kabelo Venezolana de Televisión telekanali efirida ma’lum qilgan.

“Afsus bilan ma’lum qilamanki, magnitudasi 7 balldan yuqori bo‘lgan yerosti silkinishlari Aragua, Karabobo, Miranda, Truxilo, Yarakuy va La-Guayra shtatlarida, shuningdek Karakas shahrida ham sezildi. Poytaxtda zilzila yanada kuchliroq his etildi”, — dedi vazir.

Karakasning seysmik xavfi yuqori bo‘lgan Altamira va Palos-Grandes tumanlarida bir nechta binolar, jumladan turar joy uylari qulab tushgan. Bu esa insonlar halok bo‘lishiga olib kelgan.

Kabeloning ta’kidlashicha, poytaxtning boshqa hududlarida ham vayrongarchiliklar kuzatilib, ular fuqarolarning halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

Vazirning ma’lum qilishicha, qutqaruv xizmatlari, yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari, politsiya xodimlari va fuqaro muhofazasi ko‘ngillilari vayron bo‘lgan binolarni tozalash ishlarini olib bormoqda hamda jabrlanganlarga yordam ko‘rsatmoqda.

U fuqarolarni shikastlangan binolarni tark etishga, jabrlanganlarga yordam berishga va maxsus xizmatlar transporti harakatiga xalaqit bermaslikka chaqirdi.

Venesuela hukumati mamlakatda favqulodda holat rejimini joriy qildi, deb xabar berdi report.az.