Uchrashuv ishtirokchilariga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va oʻzgarishlar, iqtisodiyotni erkinlashtirish va investitsiya muhitini yaxshilash boʻyicha qilinayotgan keng koʻlamli chora-tadbirlar haqida maʼlumot berildi.
Uchrashuv chogʻida investitsiyalarni jalb etish, investitsiyaviy nizolarni hal etishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, biznes sohasidagi huquqiy bazani mustahkamlash sohasida amaliy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Toshkent xalqaro arbitraj markazining (TIAC) tashkil etilishi bilan investitsiyaviy va tijorat nizolarni tezkor hal qilish uchun samarali platforma yaratilganligi taʼkidlandi.
Tadbir yakunlari boʻyicha tomonlar koʻrib chiqilgan tashabbuslar va muhokama etilgan masalalar doirasida yanada faol hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.
Xalqaro yuridik firmalari vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi bosh direktori L.Qudratovning “GST LLP” (AQSH), “Global Advocacy” (BAA), “Canada Quality Experts” (Kanada), “Centre for Mediation and Arbitration” (Livan) kabi xalqaro yuridik firmalar va tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Amudaryo tumanida safari turizmini rivojlantirish bo‘yicha yangi loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda
- Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: 9,3 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridida qonunbuzilish holatlari aniqlandi
- Tataristondagi hujum oqibatida 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
- Gurlanda etefon qoʻllanilgan paxta dalasida hosil koʻrsatkichlari yaxshilangani qayd etildi
- Pavel Durov Toshkentda boshlangan Xalqaro informatika olimpiadasi haqida post qoldirdi
- «Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari» tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
Yangi o‘quv yilidan maktablarda dars soatlarini taqsimlash tartibi o‘zgartiriladi
- Bugun 2026/2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari to‘liq yakunlanadi
- "Alisher Navoiy" hamda "Paxtakor" metro bekatlari oralig‘idagi eskalatorlardan biri yo‘lovchilar uchun foydalanishga qayta topshiriladi
- Ahadjon Kimsanboyev shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
- Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazish tartibi belgilandi
- Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Shahrisabz tumani hokimiga qarshi xizmat tekshiruvi o‘tkazishni so‘radi