Unga ko‘ra, profilaktik emlash Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida joriy etiladi.

Profilaktik emlashni joriy etishga yuqumli kasallikning hududda aniqlanishi, kasallikning keng tarqalishi yoki ayrim guruhlarga yuqishi asos bo‘ladi.

Emlash birinchi navbatda kasallikni yuqtirish yoki boshqalarga yuqtirish havfi yuqori bo‘lgan shaxslar, kasallik o‘chog‘ida bemor bilan muloqotda bo‘lganlar hamda epidemiologik ko‘rsatma bo‘yicha emlanishi lozim bo‘lgan shaxslardan boshlanadi.

Profilaktik emlash davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan va tibbiyotda qo‘llanishiga ruxsat etilgan vaksinalar bilan amalga oshiriladi.

Profilaktik emlashda shaxs tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, vaksinaga sezuvchanlik, ilgargi og‘ir allergik reaktsiya va boshqa qarshi ko‘rsatmalar mavjudligi aniqlanadi.

Shaxsga vaksina va uning ehtimoliy ta’siri, emlashdan keyingi kuzatuv hamda emlashni rad etishning huquqiy oqibatlari haqida ma’lumot beriladi.

Profilaktik emlangan har bir shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar emlash o‘tkazilgan zahoti Yagona tibbiyot axborot tizimiga kiritiladi.

Profilaktik emlangan shaxs dastlabki 30 daqiqa tibbiyot xodimi, keyingi 3 kun davomida esa shifokor va patronaj hamshira kuzatuvida bo‘ladi.