Arizasi rad etilgan talabalar hujjatlarni 16-avgust 18:00 ga qadar tahrirlab, to'lovini amalga oshirgan holda qaytadan yuborishlari mumkin.
Xorijdan o'qishini ko'chirish bo'yicha arizalarni tahrirlash va to'lov uchun qo'shimcha muddat berildi
Ko'p sonli talabalar va ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olib, my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro'yxatdan o'tgan, biroq kamchiliklar sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash va belgilangan to'lovni amalga oshirish uchun qo'shimcha bir kun berildi.