Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.B. 16 000 AQSh dollari evaziga fuqaro R.M.ni Isroil davlatiga ishlash uchun yuborishini aytib, kelishilgan puldan 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.