⠀“Oldimizda turgan muhim vazifalardan biri, siz o'zingizni namoyon qilishingiz uchun zarur sharoitlarni yaratib berish. O'qishda, ishda, ijodda, sportda, ijtimoiy faoliyatda o'zingizni topa olishingizni istaymiz. Qobiliyatingiz, qiziqishlaringizni yuzaga chiqarishda hech qanday to'siq bo'lmasin, deymiz”, — dedi Ziroat Mirziyoyeva o'quvchilar bilan uchrashuvda.
⠀
“Muhim vazifalarimizdan biri – inklyuziv jamiyatni yaratish. Siz oʻz mahoratingizni oshirib, sifatli taʼlim olishingiz va toʻsiqlarsiz jamiyatga yanada moslashishingizni istaymiz”, – dedi Ziroat Mirziyoyeva o’quvchilar bilan uchrashuvda.
⠀
Ziroat Mahmudovna har bir bola ta’lim olishda teng huquqli bo‘lishi, o‘z salohiyatini yuzaga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.
⠀
“Zamin” fondi eshitish qobiliyati zaif bolalar ta’limini qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida maktablarga zamonaviy FM tizimlarini sovg‘a qildi. Umuman olganda, joriy yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Buxoro, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida joylashgan 8 ta ixtisoslashtirilgan maktablarda ana shunday jihozlar o’rnatiladi. 2022-yil oxirigacha Respublika bo’ylab barcha 18 ta maktablar to‘liq jihozlanishi kutilmoqda. Shu bilan bir qatorda o‘quv jarayonida jihozlardan foydalanish bo‘yicha ham o’qituvchilar uchun xorijlik mutaxassislar tomonidan maxsus treninglar o‘tkazilmoqda.
⠀
FM-tizim kerakli tovushlarni bevosita o‘quvchining eshitish apparatlariga uzatayotgani tufayli bolalar o‘qituvchining gapini eshitadilar va nutqni sinfda ham, shaxsiy darslarda ham rivojlantiradilar.
⠀
Samaradorlikni ta’minlash maqsadida “Zamin” fondi ko‘magida ixtisoslashtirilgan maktablarning 2 ming nafar o‘quvchisiga 2 donadan zamonaviy eshitish apparati bepul topshirilmoqda. Shu bilan birga, bir guruh mutaxassislar bolalarning eshitish qobiliyatini diagnostika qilish va eshitish vositalarini individual sozlashni amalga oshirmoqda.
“Zamin” fondi eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun maktab-internatlarni yordamchi jihozlar bilan ta’minlash ishlarini davom ettirmoqda
“Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Jizzax viloyatiga tashrifi davomida Zarbdor tumanidagi 1 va 2-sonli maktablarda bo‘ldi.
Zamonaviy muhandis bilim, tajriba va tafakkur egasi
- O‘zbekistonda 6 oyda transport xizmatlari hajmi 104,2 trln so‘mga yetdi
- 1-avgustdan talabalar turar joyiga joylashish uchun arizalar qabuli boshlandi
- Pedagoglar attestatsiyasi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
- AQShdan deportatsiya qilingan 18 nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
- Oʻzbekiston Prezidentining Qirgʻizistonga davlat tashrifi yakunlandi
Yangi o‘quv yilidan maktablarda dars soatlarini taqsimlash tartibi o‘zgartiriladi
- Bugun 2026/2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari to‘liq yakunlanadi
- Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladi
- Pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi
- Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazish tartibi belgilandi
- Ahadjon Kimsanboyev shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi