Bu haqda Jahon banki matbuot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, Bank ijroçi direktorlari kengaşi tomonidan maʼqullangan mablağ Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi orqali taqdim etiladi.
Jahon bankining Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy direktori Naji Benxasinning taʼkidlaşiça, dastur doirasida minglab şifokor va hamşiralar tayyorlanadi, tibbiy xizmat körsatiş tizimi modernizatsiya qilinadi.
ŞIFO-1 dasturi doirasida Samarqand viloyatidagi 400 dan ortiq oilaviy poliklinikani modernizatsiya qiliş uçun investitsiyalar yönaltiriladi.
Şuningdek, 6,4 ming nafardan ziyod tibbiyot xodimi, jumladan, 1 250 nafar oilaviy şifokor va 5 ming nafar hamşira öqitilib, sertifikat beriladi.
Özbekiston soğliqni saqlaş tizimi xodimlarining qariyb 80 foizini ayollar taşkil etişi inobatga olinib, dasturda ularning kasbiy tayyorgarligiga alohida eʼtibor qaratiladi.
Dastur doirasida milliy raqamli soğliqni saqlaş platformasi — D-MED ham kengaytiriladi. Unga bemorlarning raqamli reyestri va boşqa zarur vositalar integratsiya qilinadi.
Bu orqali 330 ming nafar katta yoşli aholini yurak-qon tomir kasalliklari xavfi böyiça skriningdan ötkaziş, 250 ming nafar bemorning davolaniş jarayonini muntazam kuzatib boriş imkoniyati yaratiladi.
Maʼlum qilinişiça, ŞIFO-1 dasturi 2028-yil dekabriga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi hamda boşqa ixtisoslaştirilgan idoralar tomonidan amalga oşiriladi.
Dasturning umumiy qiymati 525 million dollarni taşkil etadi. Şundan 425 million dollari Özbekiston hukumati tomonidan moliyalaştiriladi.