Suhbatda iqlim oʻzgarishini monitoring qilish, ekstremal ob-havo hodisalariga nisbatan bardoshlilikni oshirish hamda ekologik vaziyatni yaxshilash borasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
JMT bilan gidrometeorologiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish, ob-havoni kuzatish tizimlarini takomillashtirish, maʼlumot almashish kabi yoʻnalishlarda koʻp yildan buyon samarali hamkorlik qilib kelinayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Atmosfera monitoringi, qum va chang boʻronlarini prognoz qilish hamda havo sifatini taʼminlash sohalarida hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligi taʼkidlandi.
Yakunda iqlim kun tartibining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha amaliy sheriklikni kengaytirish va qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirishga tayyorlik bildirildi.