TDTning 13-sammiti doirasida taşkil etilgan Oila va xotin-qizlar kengaşi turkiy davlatlar örtasida oila institutini mustahkamlaş, xotin-qizlar huquqlarini himoya qiliş va ularning imkoniyatlarini kengaytiriş böyiça hamkorlikni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan.
Kengaş huzuridagi davlat va hukumat rahbarlari rafiqalaridan iborat Oliy faxriy kengaşning ilk yiğilişi “Hamjihatlikdan institutsional hamkorlik sari: Turkiy dunyoda oila va xotin-qizlar” mavzusiga bağişlandi.
Ziroat Mirziyoyeva öz nutqida qizlarning zamonaviy taʼlim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş va xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirişga qaratilgan qator taşabbuslarni ilgari surdi.
– Ayolning bilimi va mehnati qadrlangan, oilada özaro hurmat va hamjihatlik qaror topgan muhit butun jamiyatni mustahkamlaydi, – dedi Birinçi xonim.
Onalik va bolalikni muhofaza qiliş, inklyuziv taʼlimni rivojlantiriş hamda ehtiyojmand oilalarni qöllab-quvvatlaş yuzasidan ham takliflar bildirdi. Bolalar va ösmirlar uçun xavfsiz internet muhitini yaratiş masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Sözining yakunida Ziroat Mirziyoyeva yiğilişni taşkil etgani uçun Turkiya Birinçi xonimi Emine Erdoğanga taşakkur izhor etdi. Qabul qilingan qarorlar oilalar xotirjamligi, xotin-qizlar uçun yangi imkoniyatlar va bolalar farovonligiga xizmat qilişiga umid bildirdi.