Ushbu yetakchi xalqaro moliya instituti bilan strategik sheriklikni yanada kengaytirishning amaliy jihatlari koʻrib chiqildi. Hamkorlikdagi loyihalar portfeli qariyb 16 milliard dollarga yetdi.

Dekabr oyida Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi mablagʻlarini oʻrta muddatli oʻrganish boʻyicha forumga tayyorgarlik koʻrish masalalari muhokama qilindi.

Oʻsish va ish oʻrinlarini yaratish dasturini amalga oshirish, sheriklik boʻyicha yangi Mamlakat dasturini tayyorlash, infratuzilmaga xususiy investitsiyalarni jalb qilish, xususiylashtirish hamda suv xavfsizligini taʼminlash kabi masalalar hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari sifatida belgilab olindi.