Bunday kelişuv Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Iqlim özgarişi böyiça 31-konferensiyasi (UNFCCC COP31) doirasida Turkiyaning Antaliya şahrida ötkazilgan uçraşuvda erişildi.

Unda Özbekiston Prezidentining ekologiya masalalari böyiça maslahatçisi — Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi raisi Aziz Abduhakimov hamda Turkiyaning atrof-muhit, urbanizatsiya va iqlim özgarişi vaziri Murat Kurum iştirok etdi.

Muzokaralar yakunida Özbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi hamda Turkiyaning Atrof-muhit, urbanizatsiya va iqlim özgarişi vazirligi örtasida atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasida özaro anglaşuv memorandumi imzolandi.

Hujjatga köra, tomonlar atmosfera havosi va suv resurslari ifloslanişining oldini oliş, tabiiy resurslar va muhofaza etiladigan hududlarni asraş, çöllaniş hamda yer degradatsiyasiga qarşi kuraşiş böyiça hamkorlik qiladi.

Şuningdek, çiqindilarni boşqariş, aylanma iqtisodiyot va ekologik madaniyatni rivojlantiriş, iqlim özgarişi oqibatlarini yumşatiş hamda unga moslaşiş yönalişlarida tajriba almaşiş va qöşma loyihalarni amalga oşiriş rejalaştirilgan.

Uçraşuvda milliy iqlim majburiyatlarini investorlar uçun jozibador loyihalarga aylantirişga qaratilgan BRIDGE taşabbusi ham muhokama qilindi.

Bundan taşqari, Turkiyaning 2027-yil 15–17-iyun kunlari Toşkentda ötkaziladigan «Eco Expo Central Asia 2027» xalqaro körgazmasida iştirok etiş istiqbollari körib çiqildi.

Memorandum ekologik muammolarni hal etiş böyiça ikki mamlakat örtasida tajriba almaşiş va qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş uçun asos bölib xizmat qiladi.