Ma'lum qilinishicha, uyushma raisi etib advokat, Jamoatchilik kengashi a'zosi Davronbek Juraevich Axmatov tayinlangan.

Shuningdek, advokatlar, huquqshunoslar va yuridik konsalting kompaniyalari ishtirokida navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Muloqot davomida advokatik faoliyatdagi muammolar, tadbirkorlarning huquqiy himoyasi, shuningdek, sud va huquqni qo‘llash amaliyotidagi mavjud noaniqliklar muhokama qilinishi kutilmoqda.